
Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining matbuot xizmatida ma’lumot e’lon qilindi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.
2024 yil 9 iyul kuni soat taxminan 18:55 da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Yashnobod tumanidagi Maxtumquli ko‘chasida qurilishi davom etayotgan ko‘p kvartirali uyda yong‘in yuzaga kelgani haqida xabar kelib tushdi. Hodisa joyiga o‘t o‘chirish xizmati xodimlari 10 daqiqa ichida yetib keldi va yong‘inni bartaraf etish ishlari boshlandi.
Soat 19:16 da yong‘in to‘liq o‘chirilgani bildirildi. Yong‘in natijasida qurilishning birinchi qavatidagi 20 kvadrat metr maydonda quruvchilarning yotoq anjomlari yonib ketdi.
Odamlar zarar ko‘rmagan. Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong‘inning Texnopark hududida sodir bo‘lgani haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ta’kidladi.