Bugun
G‘azoda havo hujumi Musabni nogiron qildi
+35°
ясно ветер 6.2 м/с, ЮЗ

Sirdaryoda xavfli haydovchiga jarima va guvohnoma olib qo‘yildi

Jamiyat
5
Sirdaryoda xavfli haydovchiga jarima va guvohnoma olib qo‘yildi
Sirdaryo viloyati IIB YHXB matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, yo‘l harakati qoidalarini buzgan shaxsga nisbatan tegishli choralar ko‘rilgan. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyatida “Gazel” markali evakuator haydovchisining umumiy foydalaniladigan yo‘l bo‘ylab xavfli harakatlar qilayotgani aks etgan video tarqaldi. Ushbu haydovchi orqasidan kelayotgan boshqa transport vositasiga yo‘l berish o‘rniga, xavfli manevrlar qilib, ko‘p marotaba avariyaviy vaziyatlarni yuzaga keltirgan va shu bilan boshqa yo‘l harakati ishtirokchilarining hayotini xavf ostiga qo‘ygan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik kodeksining “Yo‘l qoidalarini buzish” moddasiga asosan, haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzildi. Guliston shahar jinoyat ishlari bo‘yicha sudining qaroriga binoan, ushbu shaxs 9 375 000 so‘m jarimaga tortildi.

Bundan tashqari, unga haydovchilik guvohnomasi bir yil muddatga olib qo‘yildi. Bu chora-tadbirlar yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va bunday holatlarning oldini olish maqsadida amalga oshirildi.

O‘xshash yangiliklar

Cobalt uchun shartnoma olish rasman ochildi
Cobalt uchun shartnoma olish rasman ochildi
Cobalt uchun shartnoma olish boshlandi: Driver's Village'da Midnight pozitsiyasiga (4 pozitsiya) shartnoma rasman ochdi. UzAuto Motors rasmiy avtosalonl orqali Cobalt shartnoma olish
Avto 19:30, 28-04-2025
Tramp Xitoy mahsulotlariga boj stavkasini 20% ga oshirdi
Tramp Xitoy mahsulotlariga boj stavkasini 20% ga oshirdi
AQSh Prezidenti Donald Tramp Xitoydan import qilinadigan tovarlarga boj stavkasini 20% gacha oshirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu qaror Xitoyning fentanil oqimiga qarshi yetarlicha chora
Iqtisodiyot 03:36, 4-03-2025
Ikkilamchi bozorda Onix, Lacetti, Cobalt, Nexia, Spark va Damas narxi arzonlashdi
Ikkilamchi bozorda Onix, Lacetti, Cobalt, Nexia, Spark va Damas narxi arzonlashdi
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tomonidan 2025 yilning fevral oyida ikkilamchi bozordagi avtomobillar narxlarining o‘zgarishi tahlil qilindi. Mahalliy ommabop
Avto 14:43, 18-03-2025
Oʻzbekistondagi avtomobillar narxida qanday oʻzgarishlar boʻlmoqda?
Oʻzbekistondagi avtomobillar narxida qanday oʻzgarishlar boʻlmoqda?
Ikkilamchi avtomobil bozorida mahalliy avtomobillar hamda elekromobillar narxida pasayish tendentsiyasi 2025 yilning yanvar oyida ham davom etdi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
Avto 20:23, 12-02-2025
“Manchester Siti” klubi Abduqodir Husanov haqida hali hech qayerda chop etilmagan maqola e’lon qildi
“Manchester Siti” klubi Abduqodir Husanov haqida hali hech qayerda chop etilmagan maqola e’lon qildi
“Manchester Siti” klubi o‘z ijtimoiy sahifasida, jamoa muxlislarining qalbini tezda zabt etgan yosh futbolchi Abduqodir Husanov haqida ilgari hech qayerda chop etilmagan ma’lumotlar, oilaviy
Sport 22:33, 14-03-2025