Bugun
Manuel Noyer Germaniya terma jamoasiga qaytishi mumkin
+30°
ясно ветер 4.1 м/с, СЗ

Yashash joyida ro‘yxatga olish tartibi o‘zgardi

Jamiyat
36
Yashash joyida ro‘yxatga olish tartibi o‘zgardi
2025-yil 10-iyulda “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning yashash va vaqtinchalik istiqomat joyida ro‘yxatga olinishi to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi (№ ZRU–1074). Bu haqida Upl.uz xabar berdi.

Ushbu qonun aholi hisobini yuritish jarayonini soddalashtirish va tizimlashtirish maqsadida ishlab chiqildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qonunga muvofiq, endilikda yashash joyiga yoki vaqtinchalik istiqomat joyiga ro‘yxatga olinishi kerak bo‘lgan shaxslarni yashash joyini taqdim etuvchi uy egasi yoki undan foydalanish huquqiga ega shaxs o‘z vaqtida ro‘yxatga olish majburiyatiga ega. Mehmonxonalar, hostellar va boshqa turar joylarda istiqomat qiluvchi shaxslar uchun esa ro‘yxatga olish xabar berish tartibida amalga oshiriladi.

Bu jarayon “E-mehmon” maxsus tizimi orqali mas’ul xodimlar tomonidan bajariladi. Doimiy ravishda chet elda yashovchi O‘zbekiston fuqarolari mamlakatga kirganlaridan keyin 10 ish kuni ichida yashash yoki vaqtinchalik istiqomat joyida ro‘yxatdan o‘tishlari shart.

Fuqarolar yashash joyida ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi qulay usullardan foydalanishlari mumkin: - Ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlarida; - Davlat xizmatlari markazlarida; - Davlat xizmatlari yagona interaktiv portali (my.gov.uz) orqali. Yangi qonundagi muhim talablaridan biri shundaki, yashash yoki vaqtinchalik istiqomat joyida ro‘yxatga olishda ijtimoiy yashash maydonining normativlariga rioya qilinishi lozim.

Bu fuqarolarning yashash sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan.

O‘xshash yangiliklar

«Nasaf» yangi mavsum oldidan tanishtiruv marosimini o‘tkazdi
«Nasaf» yangi mavsum oldidan tanishtiruv marosimini o‘tkazdi
Kecha Qarshi shahridagi Yoshlar markazida «Nasaf» futbolchilari va murabbiylari, muxlislar hamda Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Berdialiyevich Azimov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbir
Sport 11:30, 8-03-2025
Yangi O‘zbekiston bog‘ida Navro‘z bayrami tantanasi qanday o‘tdi?
Yangi O‘zbekiston bog‘ida Navro‘z bayrami tantanasi qanday o‘tdi?
Toshkent shahridagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida 21 mart kuni Navro‘z tantanasi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlab, xalqimizni bayram bilan muborakbod
Oʻzbekiston 20:47, 21-03-2025
“Manchester Siti” klubi Abduqodir Husanov haqida hali hech qayerda chop etilmagan maqola e’lon qildi
“Manchester Siti” klubi Abduqodir Husanov haqida hali hech qayerda chop etilmagan maqola e’lon qildi
“Manchester Siti” klubi o‘z ijtimoiy sahifasida, jamoa muxlislarining qalbini tezda zabt etgan yosh futbolchi Abduqodir Husanov haqida ilgari hech qayerda chop etilmagan ma’lumotlar, oilaviy
Sport 22:33, 14-03-2025
Namanganda birinchi xalqaro avtofestival boshlandi (foto)
Namanganda birinchi xalqaro avtofestival boshlandi (foto)
Namanganda birinchi xalqaro avtofestival boshlandi. Bu haqda “Daryo” nashri xabar bermoqda. Tadbir Namangan xalqaro aeroportidan shahar markaziga yoʻl olgan avtoparad bilan start oldi. Foto: Oqilxon
Avto 14:53, 23-02-2025
Sevinch Ismoilovaning bu yilgi kontserti qanday oʻtdi?
Sevinch Ismoilovaning bu yilgi kontserti qanday oʻtdi?
“Qashqadaryo”, “Qoraqalpogʻim” hamda hitmeyker Hamdam Sobirov bilan kuylagan “Kara goʻzim” taronalari bilan mashhurlikka erishgan xonanda Sevinch Ismoilova 28 yanvar kuni “Xalqlar doʻstligi”
Madaniyat 21:05, 30-01-2025