Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati xabariga ko‘ra, noqonuniy xorijiy valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullangan shaxslar ushlangan. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.
Xorazm viloyat boshqarmasi xodimlari va ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan maxsus tezkor tadbir davomida ikki fuqaro 12 000 AQSh dollarini 151,2 million so‘mga noqonuniy sotib olgan vaqtida qo‘lga olindi. Shuningdek, Urganch shahrida yana ikki fuqaro 4 700 dollarni 48,9 million so‘mga sotib olish jarayonida ushlangan.
Xazarasp tumanida ham ikki shaxs 3 700 dollarni 43,3 million so‘m evaziga noqonuniy sotib olgani aniqlanib, ushlangan. Qashqadaryo viloyatida ham shunday tezkor tadbir o‘tkazilib, ilgari sudlangan bir erkak 4 000 dollarni 50,4 million so‘mga sotib olgani uchun qo‘lga olindi.
Ushbu holatlarning barchasiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining “Valyuta qiymatlarini noqonuniy sotib olish yoki sotish” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu tadbirlar qonun ustuvorligini ta’minlash va valyuta savdosidagi noqonuniy holatlarni oldini olish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar bunday jinoyatlarga qarshi chora ko‘rishda davom etadi.
Noqonuniy valyuta ayirboshlashda 8 shaxs ushlandi
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0