Bugun
Tramp G‘arbni Rossiyaga sanksiyalarni kechiktirishga chaqirdi
+42°
ясно ветер 3.1 м/с, СЗ

Namanganda xalqaro terror guruhi fosh etildi

Jamiyat
4
Namanganda xalqaro terror guruhi fosh etildi
Davlat xavfsizlik xizmati matbuot xizmati xabariga ko‘ra, xalqaro terrorchilik tashkilotining yashirin guruhi fosh etildi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.

Namangan shahrida Davlat xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlari hamkorligida maxsus operativ tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida “Islom davlati – Xorasan viloyati” nomli xalqaro terrorchilik tashkilotining yashirin guruhi aniqlanib, faoliyati taqiqlangan ushbu guruh a’zolari qo‘lga olindi.

Jami 16 nafar guruh a’zosi aniqlandi, ularning 13 nafari ayollar edi. Qo‘lga olinganlardan 37 ta mobil aloqa vositasi, 51 ta taqiqlangan diniy adabiyotlar, 40 ta kompakt-disk, 4 ta flesh-disk, shuningdek, noutbuk va planshet ashyolar sifatida olib qo‘yildi.

Ushbu guruh Namangan viloyatining Davlatobod tumanida yashovchi ayol tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, u jihodni faol targ‘ib qilgan. U Telegram kanallari va guruhlarini yaratib, unda 120 dan ortiq foydalanuvchilarga taqiqlangan diniy materiallarni tarqatgan hamda ular bilan faol munozaralar olib borgan.

Shu bilan birga, u “Islom davlati” tashkil etilishini targ‘ib qilgan va mamlakatimizdagi siyosiy qarashlarga qarshi chiqib, shariat qonunlarini joriy etishni qo‘llab-quvvatlagan. Aniqlanishicha, guruh rahbarasi 2022 yilda Istanbul shahrida noqonuniy diniy ta’lim olgan va uning diniy qarashlari agressivlik va ekstremizmga o‘zgargan.

Uning otasi uni to‘xtatishga harakat qilgan, ammo ayol uni kamsitib, yordamni rad etgan. Tekshiruv jarayonida guruh a’zolaridan biri Namangan shahridagi xususiy universitetlardan birining tashkilotchisi ekanligi ham ma’lum bo‘ldi.

Hozirda ushbu holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari davom etmoqda. Tegishli organlar tomonidan zarur choralar ko‘rilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarni 8 mart bilan tabrikladi
Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarni 8 mart bilan tabrikladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda so‘zlagan nutqida mamlakat xotin-qizlarini tabrikladi. Davlat rahbari
Jamiyat 17:56, 7-03-2025
Rossiya Ukraina janubini nega bu qadar tez ishg‘ol qilgandi?
Rossiya Ukraina janubini nega bu qadar tez ishg‘ol qilgandi?
2022 yil 24 fevral kuni ertalab soat 4 larda Rossiya armiyasi Ukraina hududiga hujum boshlagandi. Yurish bir vaqtning o‘zida bir necha yo‘nalishda: janub, sharq va shimoldan olib boriladi. Biroq,
Dunyo 13:41, 28-02-2025
Asad ag‘darilgandan so‘ng Suriya qanday hayot kechirmoqda?
Asad ag‘darilgandan so‘ng Suriya qanday hayot kechirmoqda?
2024 yil dekabrida Suriyada Asadlar rejimining ellik yillik hukmronligi yakun topdi. Ko‘plab suriyaliklar erkinlikdan bahramand bo‘lishda davom etmoqda, biroq mamlakat barqarorlikka erishdi, deb
Dunyo 21:34, 23-03-2025
Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Hennadii Minchenko / Ukrinform / Future Publishing / Getty Images AQSH prezidenti Donald Tramp 2025 yil 20 yanvarda bo‘lib o‘tgan inauguratsiyasidan so‘ng, darhol Putin bilan uchrashish niyati
Dunyo 12:33, 28-02-2025
Namanganda birinchi xalqaro avtofestival boshlandi (foto)
Namanganda birinchi xalqaro avtofestival boshlandi (foto)
Namanganda birinchi xalqaro avtofestival boshlandi. Bu haqda “Daryo” nashri xabar bermoqda. Tadbir Namangan xalqaro aeroportidan shahar markaziga yoʻl olgan avtoparad bilan start oldi. Foto: Oqilxon
Avto 14:53, 23-02-2025