ENRU

Jorjio Armani 92 yoshida vafot etdi

Madaniyat
49
Jorjio Armani 92 yoshida vafot etdi
Italiyalik mashhur dizayner, tadbirkor va moda sohasining afsonaviy namoyondalaridan biri Jorjio Armani 92 yoshida vafot etdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Uning o‘limi nafaqat Italiyada, balki butun dunyoda moda ixlosmandlari va sanoat vakillari uchun katta yo‘qotish bo‘ldi. Jorjio Armani 1934 yilda Italiyaning Piachensa shahrida tug‘ilgan.

Uning bolalik va o‘smirlik yillari murakkab urush davriga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa-da, u o‘zining iste’dodi va orzulari orqali katta yutuqlarga erishdi. Armani o‘zining boyligi bilan Italiyaning eng nufuzli shaxslaridan biriga aylangan bo‘lib, uning mol-mulki 12 milliard dollardan ortiq baholangan.

Moda sohasidagi faoliyatini Armani Milandagi univermagda oddiy oyna ustasi sifatida boshlagan. Mehnatsevarligi va intilishi tufayli u qisqa vaqt ichida dunyoga mashhur kompaniyalarda ishlash imkoniga ega bo‘ldi.

U Nino Cerruti kompaniyasida erkaklar kiyimlari ustida ishladi, keyinchalik esa Zegna va Loewe kabi brendlar uchun ham ishladi. 1975 yilda Jorjio Armani biznes sherigi Serjio Galeotti bilan birgalikda “Giorgio Armani” kompaniyasini tashkil etdi.

Bu brend jahondagi moda sanoatida yangi sahifa ochib, tez orada eng nufuzli brendlardan biriga aylandi. Armanining uslubi oddiy dizayn va qulaylikni targ‘ib qilgan bo‘lib, uning kiyimlari nafaqat moda ko‘rgazmalarida, balki Gollivud yulduzlari, siyosatchilar va sportchilar orasida ham mashhur bo‘ldi.

Jorjio Armani moda dunyosining haqiqiy qiroli sifatida tarixda qoladi.

O‘xshash yangiliklar

Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
MadaniyatKecha, 15:42
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
Madaniyat15:42, 22-10-2026
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
Madaniyat13:49, 22-10-2026
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
Ikki marta "Oskar" mukofoti sovrindori, "O'tkir tig'lar" seriali va "Pianinochi" filmi aktyori Edrian Broudi O'zbekistonga tashrif buyurdi. Uning kelishi 21-22-oktabr
Madaniyat22:58, 21-10-2026
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Qozog'istonda giyohvand moddalar kontrabandasida gumonlanib qo'lga olingan rossiyalik reper Navai Bakirovga nisbatan ochilgan jinoyat ishi rasmiy ravishda tugatildi.
Madaniyat16:32, 21-10-2026
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda buyuk alloma Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan «Ibn Sino» xalqaro mukofotini ta’sis etish rejalashtirilmoqda. Bu qaror 19
Madaniyat21:46, 20-10-2026