ENRU

O‘zjan va Erjan Deniz o‘rtasida moliyaviy mojaro yuz berdi

Madaniyat
64
O‘zjan va Erjan Deniz o‘rtasida moliyaviy mojaro yuz berdi
Turkiyalik taniqli aktyor va xonanda O‘zjan Deniz yana bir bor ommaning e’tiboriga tushdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Bu safargi sababi oilaviy va moliyaviy mojaro bo‘ldi. Haber Global nashrining xabar berishicha, aktyorning akasi Erjan Deniz ukasining uyiga qurol bilan kelib, moliyaviy kelishmovchiliklar sabab uni o‘ldirish bilan tahdid qilgan.

Voqea Istanbul shahrining Zekeriyako‘y tumanida yuz berdi. Erjan Deniz uyga kirib, O‘zjanga shunday degan: “Agar mendan o‘g‘irlaganingni qaytarmasang, seni ham, o‘zimni ham o‘ldiraman”.

Bu so‘zlar oilaviy ziddiyatning qanchalik keskin ekanini ko‘rsatadi. Masala ildizi 22 yillik biznes sherikligiga borib taqaladi.

Ularning moliyaviy kelishmovchiliklari sudgacha yetib borgan. Bir necha yil oldin O‘zjan akasi qarzlari uchun kafil bo‘lgan, ammo biznesda katta zarar ko‘rilganidan so‘ng bank hisoblari musodara qilingan.

Shu sababli Erjan ukasini 150 million lira miqdoridagi mablag‘ni o‘zlashtirishda ayblab kelgan. Oilaviy mojaro ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritildi.

Ularning onasi Qadriya Deniz moliyaviy muammolar tufayli aka-ukalik rishtalari uzilganini bildirgan. O‘zjan esa oilasi tomonidan unga nisbatan nohaq munosabat bo‘lganini ta’kidlab, keskin javob qaytargan.

Shuningdek, aktyor 2008 yilda unga qarshi qilingan qurolli hujum ortida ham akasi turganini aytgan. So‘nggi voqealardan so‘ng taraflar vakillari muzokara o‘tkazib, kelishuvga erishishdi.

Natijada bir necha villa va boshqa ko‘chmas mulk Erjan Deniz nomiga o‘tkazildi. Ushbu voqea muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otdi va oilaviy mojaro hamda moliyaviy ziddiyatlar yuzasidan muhokamalar yanada kengaydi.

O‘xshash yangiliklar

Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
MadaniyatKecha, 15:42
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
Madaniyat15:42, 22-10-2026
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
Madaniyat13:49, 22-10-2026
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
Ikki marta "Oskar" mukofoti sovrindori, "O'tkir tig'lar" seriali va "Pianinochi" filmi aktyori Edrian Broudi O'zbekistonga tashrif buyurdi. Uning kelishi 21-22-oktabr
Madaniyat22:58, 21-10-2026
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Qozog'istonda giyohvand moddalar kontrabandasida gumonlanib qo'lga olingan rossiyalik reper Navai Bakirovga nisbatan ochilgan jinoyat ishi rasmiy ravishda tugatildi.
Madaniyat16:32, 21-10-2026
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda buyuk alloma Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan «Ibn Sino» xalqaro mukofotini ta’sis etish rejalashtirilmoqda. Bu qaror 19
Madaniyat21:46, 20-10-2026