Bugun
Shomurodov va Muriki golcheklovchilar jadvalida Salohni kuzatmoqda
+20°
небольшая облачность ветер 2 м/с, З
ENRU

Axsikentda VIII asr tangalari va qo‘lyozmalar topildi

Madaniyat
31
Axsikentda VIII asr tangalari va qo‘lyozmalar topildi
Axsikent arxeologiya parkida yangi tarixiy topilmalar jamoatchilik e’tiborini qozondi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Majmua fondi noyob eksponatlar bilan boyidi. Ushbu safar yig‘ilgan xazinada VIII asrga oid 68 dona qadimiy tanga va 27 dona qo‘lyozma kitob mavjud.

Arxeopark rahbari Anvar Ikromning so‘zlariga ko‘ra, Abbosiylar davriga mansub kumush tangalarda o‘sha davrga xos bezaklar va arab yozuvidagi aniq yozuvlar saqlangan. Topilgan qo‘lyozmalarda handasa, riyoziyot, astronomiya va tibbiyotga oid qimmatli ma’lumotlar jamlangan.

Shuningdek, Somoniy va Qoraxoniy sulolalari davriga tegishli tangalar ham mavjud. Bundan tashqari, 1667–1670 yillar oralig‘ida Shvetsiyada, 1836 yilda esa Buyuk Britaniyada zarb qilingan tangalar ham topildi.

Mutaxassislar ta’kidicha, eng qadimiy kumush tangalar miloddan avvalgi III asrga taalluqlidir. Ularning old yuzida hukmdor surati, orqa tomonida esa ramziy tasvirlar, podsholarning ismi va tamg‘alari mavjud.

Hozirda Axsikent kompleksining Yakkayigit bog‘ida, Umarshayx Mirzoning rezidensiyasi hisoblangan joyda qazish ishlari davom etmoqda. Yangi topilmalar nafaqat mahalliy aholining, balki ilmiy doiralar va keng jamoatchilikning ham katta qiziqishini uyg‘otdi.

Ushbu kashfiyot Axsikentning boy madaniy va ilmiy merosga ega tarixiy markaz ekanligini yana bir bor tasdiqladi.

O‘xshash yangiliklar

Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
MadaniyatKecha, 15:42
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
MadaniyatKecha, 13:49
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
Ikki marta "Oskar" mukofoti sovrindori, "O'tkir tig'lar" seriali va "Pianinochi" filmi aktyori Edrian Broudi O'zbekistonga tashrif buyurdi. Uning kelishi 21-22-oktabr
Madaniyat22:58, 21-10-2026
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Qozog'istonda giyohvand moddalar kontrabandasida gumonlanib qo'lga olingan rossiyalik reper Navai Bakirovga nisbatan ochilgan jinoyat ishi rasmiy ravishda tugatildi.
Madaniyat16:32, 21-10-2026
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda buyuk alloma Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan «Ibn Sino» xalqaro mukofotini ta’sis etish rejalashtirilmoqda. Bu qaror 19
Madaniyat21:46, 20-10-2026
Marko Rubio Samarqandda O‘zbekistonning boy madaniy merosi bilan tanishdi
Marko Rubio Samarqandda O‘zbekistonning boy madaniy merosi bilan tanishdi
Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Marko Rubioning O‘zbekistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifi doirasida Samarqand shahridagi Boqiy shahar tarixiy-etnografik majmuasida maxsus madaniy dastur
Madaniyat23:42, 19-10-2026