ENRU

Teylor Svift yangi albom tanqidlariga munosabat bildirdi

Madaniyat
27
Teylor Svift yangi albom tanqidlariga munosabat bildirdi
Taniqli qo‘shiqchi Teylor Svift yaqinda taqdim etilgan “Life of a Showgirl” nomli yangi studiya albomiga berilgan tanqidlarga o‘z munosabatini bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U albom nomi atrofidagi har qanday muhokama uning ijodini kengroq targ‘ib qilishga xizmat qilishini ta’kidladi. Zeyn Louning shou dasturida ishtirok etgan Svift, tanqidlarga ijobiy yoki salbiy munosabatda bo‘lishidan qat’i nazar, bularning barchasi uning uchun qimmatli tajriba ekanligini aytdi.

Xonandaning so‘zlariga ko‘ra, shov-shuv yaratish shou-biznesning muhim qoidalaridan biri hisoblanadi. Agar albom chiqqaniga hali bir hafta ham bo‘lmagan bo‘lsa va odamlar uning ismi yoki albomi haqida gapirsa, bu unga yordam beradi.

Teylor Svift musiqa va san’atga oid barcha fikrlarni hurmat qilishini ham alohida ta’kidladi. U san’atda har kimning o‘z nuqtayi nazari bo‘lishini tabiiy deb hisoblaydi va har bir insonning ijodga oid hissi va qarashlarini qadrlaydi.

Shuningdek, ko‘plab muxlislar vaqt o‘tishi bilan uning asarlariga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirishi mumkinligini aytdi. Fanatlari orasida “Ilgari Reputation albomi yoqmagan, ammo hayotdagi o‘zgarishlardan so‘ng u eng sevimli albomga aylangan” degan fikrlar ko‘p uchraydi.

Bu esa xonanda uchun katta ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi. Teylor Svift o‘zining yangi asari bilan faxrlanishini yashirmadi va yaratgan ishini yaxshi bilishini hamda uni chin dildan sevishini bildirdi.

Ma’lumot uchun, 3 oktyabr kuni u o‘zining o‘n ikkinchi studiya albomi “Life of a Showgirl”ni taqdim etdi.

O‘xshash yangiliklar

Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
2026 yil 23–24 oktyabr kunlari Toshkentda "Golden Globes Silk Road Tribute Gala" xalqaro marosimi birinchi marta o‘tkazildi. Tadbir Markaziy Osiyo va Kavkaz
MadaniyatKecha, 15:45
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova Toshkentda o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala” marosimida “Oltin globus” mukofoti bilan taqdirlandi. Bu
MadaniyatKecha, 11:57
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti, taniqli aktrisa Gulchehra Jamilova xalqaro miqyosda e’tirof etildi. U Toshkentda ilk bor o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala”
MadaniyatKecha, 11:54
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
Madaniyat15:42, 23-10-2026
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
Madaniyat15:42, 22-10-2026
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
Madaniyat13:49, 22-10-2026