Bugun
SSKA o‘yinchisi Popov O‘zbekiston va Rossiya uchrashuvi haqida gapirdi
+19°
небольшая облачность ветер 3 м/с, СЗ
ENRU

“Oskar”da hayvonlar uchun alohida nominatsiya joriy etilishi mumkin

Madaniyat
73
“Oskar”da hayvonlar uchun alohida nominatsiya joriy etilishi mumkin
Endilikda “Oskar” mukofotida to‘rt oyoqli aktyorlar uchun alohida nominatsiya joriy etilishi mumkin. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

IFC kinokompaniyasi “Itning nigohi bilan” filmida bosh rolni ijro etgan it – Indi nomidan Kino san’ati va fanlari akademiyasiga rasmiy murojaat yubordi. Bu haqda Variety nashri xabar berdi.

Xatda Indi hazilomuz tarzda Akademiya a’zolaridan uni “Eng yaxshi erkak roli” nominatsiyasiga nomzod sifatida ko‘rib chiqishni so‘ragan. Maktubda “Tanqidchilar mening ijromni yuqori baholashgan, ammo men “Eng yaxshi aktyor” nominatsiyasiga loyiq emasligimni eshitib, juda xafa bo‘ldim.

Go‘yo kimdir bog‘ichimni tortib olgandek” deb yozilgan. Mualliflar shuningdek, “Oq so‘yloq”, “Erkin Villi”, “Kichkintoy”, “Qushlar” va “Urush oti” kabi filmlarda hayvonlarning kino tarixida muhim rol o‘ynaganini ta’kidladilar.

Ularning fikricha, hayvon aktyorlar ko‘pincha butun hissiy yukni va film franshizasining asosiy ruhini ko‘tarib kelgan. Film syujeti Todd ismli yigit va uning sodiq iti Indi atrofida qurilgan.

Yigit bobosidan qolgan qishloq uyiga ko‘chib o‘tadi, ammo bu yerda g‘ayrioddiy mavjudotlar va ruhlar yashaydi. Indi esa egasini ushbu tahdidlardan himoya qilish uchun qahramonlik ko‘rsatadi.

Qo‘rqinchli filmning bosh rolini rejissyor Ben Leonbergning o‘zi tarbiyalagan it – Indi ijro etgan. “Itning nigohi bilan” filmi Rossiyada 16 oktyabrda premerasi bo‘lib o‘tadi.

O‘xshash yangiliklar

Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
MadaniyatBugun, 15:42
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
MadaniyatKecha, 15:42
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
MadaniyatKecha, 13:49
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
Ikki marta "Oskar" mukofoti sovrindori, "O'tkir tig'lar" seriali va "Pianinochi" filmi aktyori Edrian Broudi O'zbekistonga tashrif buyurdi. Uning kelishi 21-22-oktabr
Madaniyat22:58, 21-10-2026
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Qozog'istonda giyohvand moddalar kontrabandasida gumonlanib qo'lga olingan rossiyalik reper Navai Bakirovga nisbatan ochilgan jinoyat ishi rasmiy ravishda tugatildi.
Madaniyat16:32, 21-10-2026
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda buyuk alloma Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan «Ibn Sino» xalqaro mukofotini ta’sis etish rejalashtirilmoqda. Bu qaror 19
Madaniyat21:46, 20-10-2026