ENRU

Irem Helvachio‘g‘lu qizi Sora dunyoga keldi

Madaniyat
22
Irem Helvachio‘g‘lu qizi Sora dunyoga keldi
Turk kino va televideniye sohasining taniqli aktrisasi, “So‘yla, Qora dengiz” seriali orqali keng shuhrat qozongan Irem Helvachio‘g‘lu hayotida muhim voqea sodir bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

2025-yil 15-oktyabr kuni Irem va uning turmush o‘rtog‘i, tadbirkor Ural Kaspar oilasida birinchi farzand dunyoga keldi. Bu haqda aktrisaning yaqin do‘sti, aktrisa Sebile Olmez ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.

Olmez tug‘ruqxonadan joylangan surat bilan bo‘lishib, “Qizimiz dunyoga keldi. Ona ham bola ham sog‘lom”, deb yozdi.

Ushbu xabar qisqa vaqt ichida internetda keng tarqaldi va muxlislar aktrisani samimiy tabriklar bilan qutladi. Avval chaqaloqning ismi oshkor qilinmagan bo‘lsa-da, bir necha kun o‘tib Ural Kaspar Instagram orqali qizining ismini ma’lum qildi.

U postda shunday yozgan: “Qizimiz Sora kecha ertalab dunyoga keldi. Irem ham Sora ham sog‘-omon.

Bizga yordam bergan, duo qilgan va xabar jo‘natgan barcha do‘stlarimizga minnatdorchilik bildiramiz”. Irem Helvachio‘g‘lu va Ural Kaspar 2023-yilda tanishib, 2024-yil oktyabrida nikoh qurgan.

Ular 2024-yil yozida qisqa muddat ajralish haqida xabar bergan bo‘lsalar-da, keyin to‘y fotosuratlarini e’lon qilib, muxlislarni hayratda qoldirdi. Homiladorlik davri Irem uchun unchalik oson kechmagan.

Ayvalikda dam olayotgan paytda u sirpanib yiqilgan, lekin qisqa muddatda sog‘ligini tiklab olgan. Shifokorlar ma’lumotiga ko‘ra, Irem va yangi tug‘ilgan qizaloq Sora sog‘lom va nazorat ostida bo‘lib turishmoqda.

Ya’ni yaqin kunlarda ular uyga chiqishi kutilmoqda. Tug‘ruq arafasida Irem yaqin do‘stlari bilan kichik “baby shower” marosimi o‘tkazgan.

U tadbirda shunday degan: “Bir yil davomida film yoki seriallarda ishtirok etmayman. Hozir uchun eng muhim rol – onalik burchimni bajarish”.

1990-yil 2-fevralda Germaniyada tug‘ilgan Irem Helvachio‘g‘lu ilk san’at ta’limini Mujdat Gezen san’at markazida olgan. Uning mashhurligiga “Muhtasham yuz yil” serialidagi Klara roli va “So‘yla, Qora dengiz”dagi bosh qahramon rolini ijro etishi katta ta’sir ko‘rsatgan.

Shuningdek, “Gunesh qizlari” va “309-raqam” kabi seriallardagi rollari orqali ham keng muxlislar e’tiborini qozongan. Turk ommaviy axborot vositalari yozishicha, Irem Helvachio‘g‘lu hozirgi kunda Turkiya shoubiznesida nafaqat aktrisa, balki kuchli ayol timsoli sifatida tanilgan.

Uning ona sifatidagi yangi hayotiy bosqichi muxlislar tomonidan katta qiziqish bilan kuzatilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
MadaniyatKecha, 15:42
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
MadaniyatKecha, 13:49
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
Ikki marta "Oskar" mukofoti sovrindori, "O'tkir tig'lar" seriali va "Pianinochi" filmi aktyori Edrian Broudi O'zbekistonga tashrif buyurdi. Uning kelishi 21-22-oktabr
Madaniyat22:58, 21-10-2026
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Qozog'istonda giyohvand moddalar kontrabandasida gumonlanib qo'lga olingan rossiyalik reper Navai Bakirovga nisbatan ochilgan jinoyat ishi rasmiy ravishda tugatildi.
Madaniyat16:32, 21-10-2026
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda buyuk alloma Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan «Ibn Sino» xalqaro mukofotini ta’sis etish rejalashtirilmoqda. Bu qaror 19
Madaniyat21:46, 20-10-2026
Marko Rubio Samarqandda O‘zbekistonning boy madaniy merosi bilan tanishdi
Marko Rubio Samarqandda O‘zbekistonning boy madaniy merosi bilan tanishdi
Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Marko Rubioning O‘zbekistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifi doirasida Samarqand shahridagi Boqiy shahar tarixiy-etnografik majmuasida maxsus madaniy dastur
Madaniyat23:42, 19-10-2026