ENRU

O‘ktam Hakimovning huquqi sudda tiklandi

Madaniyat
19
O‘ktam Hakimovning huquqi sudda tiklandi
Farg‘ona viloyatidagi tumanlararo sudda taniqli bastakor O‘ktam Hakimovning “Ismigul” qo‘shig‘ining mualliflik huquqlari buzilishi bo‘yicha da’vo ko‘rib chiqildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ishda javobgar sifatida Nadyr taxallusi bilan tanilgan ijodkor Nodirbek Igamberdiyev ishtirok etdi. U 2023-yilda “Ismigul” qo‘shig‘ini “Enigma” uslubida qayta aranjirovka qilib, bir nechta xalqaro platformalarda tarqatgan edi.

Ushbu versiya iTunes reytingida ilk o‘nlikka kirgan va Instagramda keng tarqalgan. Biroq muallif tomonidan huquqbuzarlik yuzasidan murojaatlar kelib tushgach, qo‘shiq barcha platformalardan olib tashlandi.

O‘zbekiston Mualliflik va turdosh huquq egalari jamoat birlashmasi tomonidan keltirilgan da’vo asosida sud Nodirbek Igamberdiyevdan jami 46 million 200 ming so‘m miqdorida tovon undirishga qaror qildi. Shundan 41,2 million so‘m mualliflik huquqining buzilishi oqibatida yetkazilgan zarar uchun va 5 million so‘m ma’naviy zarar sifatida belgilandi.

Sud hukmiga ko‘ra, Nodirbek Igamberdiyev “Ismigul” asaridan foydalanishni to‘liq to‘xtatishi shart. Xususan, qo‘shiqni efirga uzatish, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish hamda teleradiokanallar orqali namoyish qilish qat’iyan taqiqlanadi.

O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq, mualliflar huquqlari buzilgan taqdirda zararni qoplash yoki bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigacha kompensatsiya talab qilish huquqiga ega.

O‘xshash yangiliklar

Nodirbek Abdusattorov Javohir Sindarovni dunyoning eng kuchli shaxmatchilari qatoriga qo'shdi
Nodirbek Abdusattorov Javohir Sindarovni dunyoning eng kuchli shaxmatchilari qatoriga qo'shdi
O‘zbekistonlik taniqli grossmeyster Nodirbek Abdusattorov o‘z hamkasbi va hamyurti Javohir Sindarovning shaxmatdagi ulkan salohiyatini yuqori baholab, uni dunyo shaxmati tarixidagi eng iste’dodli
Madaniyat23:34, 12-10-2026
Shohrux Xonning O‘zbekistonga tashrifi yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda
Shohrux Xonning O‘zbekistonga tashrifi yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda
Bollivud yulduzi Shohrux Xonning O‘zbekistonga tashrifi bilan bog‘liq xabarlar ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida keng muhokama qilinmoqda. Hind kinosi
Madaniyat23:58, 11-10-2026
Mashhur bloger MrBeast O‘zbekiston haqida maxsus rukn ochdi
Mashhur bloger MrBeast O‘zbekiston haqida maxsus rukn ochdi
Dunyoning eng mashhur videoblogeri va kontent yaratuvchisi MrBeast, ya’ni Jimmi Donaldson O‘zbekistonga qilgan tashrifi xotiralarini o‘zining Instagram sahifasida alohida bo‘limga joylashtirdi. Bu
Madaniyat23:42, 11-10-2026
Halit Ergench va Maryam Uzerli yangi filmda birga suratga tushadi
Halit Ergench va Maryam Uzerli yangi filmda birga suratga tushadi
Dunyoga mashhur Muhtasham yuz yil serialida Sulton Sulaymon va Xurram Sulton obrazlarini mahorat bilan ijro etgan aktyorlar Halit Ergench hamda Maryam Uzerli oradan o'n besh yil o'tib, yangi
Madaniyat23:59, 10-10-2026
Sidni Suini va Merilin Monro qarindosh ekani aniqlandi
Sidni Suini va Merilin Monro qarindosh ekani aniqlandi
Gollivudning mashhur aktrisalari Sidni Suini va afsonaviy Merilin Monro o‘rtasida yaqin qarindoshlik aloqalari borligi aniqlandi. MyHeritage genealogik platformasi
Madaniyat23:44, 10-10-2026
Ahror Qo'shmatovning davolanishi uchun bir kunda ikki milliard so'm yig'ildi
Ahror Qo'shmatovning davolanishi uchun bir kunda ikki milliard so'm yig'ildi
Taniqli teleboshlovchi Ahror Qo‘shmatovning salomatligi yomonlashgani haqidagi xabarlar jamoatchilik o‘rtasida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda
Madaniyat23:58, 09-10-2026