ENRU

Feruza Normatova turmush qurishi haqida so‘zladi

Madaniyat
82
Feruza Normatova turmush qurishi haqida so‘zladi
Aktrisa Feruza Normatova 15-oktabr kuni Xorazmdan bo‘lgan 23 yoshli MMA jangchisi Olloyor Abdushukurov bilan turmush qurdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U Instagram’dagi obunachilarining savollariga javob berar ekan, hayotida duch kelgan qiyinchiliklar, turmush o‘rtog‘i bilan tanishuvi va mahr masalalari haqida ochiq gapirdi. “Hayotingizdagi inson aynan sizniki ekanini qanday tushundingiz?” degan savolga aktrisa quyidagicha javob berdi: “Haj safaridan qaytgach, hayotimda birin-ketin qiyinchiliklar yuz berdi.

Shunday og‘ir holatlar boshimdan o‘tdiki, yashashga bo‘lgan umidim ham so‘na boshladi. Allohdan faqat o‘lim yoki hayotimni o‘zgartiruvchi bir insonni yuborishini so‘radim,” — deydi u.

Feruzaning so‘zlariga ko‘ra, ikki oy ichida uning hayoti butunlay o‘zgargan. U kelajakdagi turmush o‘rtog‘i bilan tanishganini eslar ekan, shunday deydi: “Bu inson men uchunmi yoki yo‘qmi, deb ko‘p bora istihora va hojat namozlarini o‘qidim.

Har safar unga bo‘lgan muhabbatim ortib bordi. Hammasi juda tez sodir bo‘ldi.

Ishonchim komilki, uni Alloh menga yuborgan. Inson adashishi mumkin, lekin Alloh hech qachon adashmaydi,” — deb yozadi aktrisa o‘z sahifasida.

Feruza Normatovaning ushbu so‘zlari uning hayotidagi muhim o‘zgarishlar va turmush qurish qarorining qanday shakllanganini ochib beradi.

O‘xshash yangiliklar

Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
MadaniyatKecha, 15:42
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
Madaniyat15:42, 22-10-2026
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
Madaniyat13:49, 22-10-2026
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
Ikki marta "Oskar" mukofoti sovrindori, "O'tkir tig'lar" seriali va "Pianinochi" filmi aktyori Edrian Broudi O'zbekistonga tashrif buyurdi. Uning kelishi 21-22-oktabr
Madaniyat22:58, 21-10-2026
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Qozog'istonda giyohvand moddalar kontrabandasida gumonlanib qo'lga olingan rossiyalik reper Navai Bakirovga nisbatan ochilgan jinoyat ishi rasmiy ravishda tugatildi.
Madaniyat16:32, 21-10-2026
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda buyuk alloma Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan «Ibn Sino» xalqaro mukofotini ta’sis etish rejalashtirilmoqda. Bu qaror 19
Madaniyat21:46, 20-10-2026