Bugun
Ruben Diash Abduqodir Husanovning mahoratiga yuqori baho berdi
+22°
ясно ветер 3 м/с, СЗ
ENRU

Dilnoza Kubayeva: "Eng qimmat aktrisa emasman"

Madaniyat
54
Dilnoza Kubayeva:
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Dilnoza Kubayeva yaqinda o‘z ijodi, gonorari va san’atdagi haqiqiy qadriyatlar haqida fikr bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U ko‘pchilik tomonidan “eng qimmat gonorar oladigan aktrisa” sifatida tanilganini, ammo bu fikr haqiqatdan uzoq ekanini ta’kidladi. — Meni “eng qimmat aktrisa” deyishadi.

Aslida, davlat buyurtmasi asosida suratga olinadigan filmlarda gonorarlar unchalik yuqori emas. Bir film uchun atigi 300 ming so‘mdan ortiq pul olganman.

Bu holat meni juda qiynagan edi, ammo uzoq vaqt bu haqda ochiq gapirmadim. Keyinchalik Telegram’dagi jonli efirlar jarayonida savollar ko‘payib ketgani sababli beixtiyor bu haqda aytib yubordim, — dedi aktrisa.

Dilnoza Kubayevaning aytishicha, ushbu masala e’tiborsiz qolmagan. Adliya vazirligi mutaxassislari uning huquqlariga e’tibor qaratgan.

Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, bu haqda hatto uning akasiga qo‘ng‘iroq qilib, masalani muhokama qilishgan. — Buni eshitib juda xursand bo‘ldim.

Demak, ijodkorlarning manfaatlarini himoya qiladigan odamlar bor ekan, — deydi u. Shuningdek, aktrisa jamiyatda san’atkorlar haqida noto‘g‘ri tasavvur mavjudligini aytib o‘tdi.

— Ko‘pchilik san’atkorlar katta pul topadi deb o‘ylaydi. Agar kinoda haqiqatan ham katta daromad bo‘lganida edi, men to‘ydan-to‘yga yurmasdim.

Biz ishimizni pullar uchun emas, mehr bilan qilamiz, — deb qo‘shimcha qildi Dilnoza Kubayeva.

O‘xshash yangiliklar

Nodirbek Abdusattorov Javohir Sindarovni dunyoning eng kuchli shaxmatchilari qatoriga qo'shdi
Nodirbek Abdusattorov Javohir Sindarovni dunyoning eng kuchli shaxmatchilari qatoriga qo'shdi
O‘zbekistonlik taniqli grossmeyster Nodirbek Abdusattorov o‘z hamkasbi va hamyurti Javohir Sindarovning shaxmatdagi ulkan salohiyatini yuqori baholab, uni dunyo shaxmati tarixidagi eng iste’dodli
Madaniyat23:34, 12-10-2026
Shohrux Xonning O‘zbekistonga tashrifi yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda
Shohrux Xonning O‘zbekistonga tashrifi yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda
Bollivud yulduzi Shohrux Xonning O‘zbekistonga tashrifi bilan bog‘liq xabarlar ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida keng muhokama qilinmoqda. Hind kinosi
Madaniyat23:58, 11-10-2026
Mashhur bloger MrBeast O‘zbekiston haqida maxsus rukn ochdi
Mashhur bloger MrBeast O‘zbekiston haqida maxsus rukn ochdi
Dunyoning eng mashhur videoblogeri va kontent yaratuvchisi MrBeast, ya’ni Jimmi Donaldson O‘zbekistonga qilgan tashrifi xotiralarini o‘zining Instagram sahifasida alohida bo‘limga joylashtirdi. Bu
Madaniyat23:42, 11-10-2026
Halit Ergench va Maryam Uzerli yangi filmda birga suratga tushadi
Halit Ergench va Maryam Uzerli yangi filmda birga suratga tushadi
Dunyoga mashhur Muhtasham yuz yil serialida Sulton Sulaymon va Xurram Sulton obrazlarini mahorat bilan ijro etgan aktyorlar Halit Ergench hamda Maryam Uzerli oradan o'n besh yil o'tib, yangi
Madaniyat23:59, 10-10-2026
Sidni Suini va Merilin Monro qarindosh ekani aniqlandi
Sidni Suini va Merilin Monro qarindosh ekani aniqlandi
Gollivudning mashhur aktrisalari Sidni Suini va afsonaviy Merilin Monro o‘rtasida yaqin qarindoshlik aloqalari borligi aniqlandi. MyHeritage genealogik platformasi
Madaniyat23:44, 10-10-2026
Ahror Qo'shmatovning davolanishi uchun bir kunda ikki milliard so'm yig'ildi
Ahror Qo'shmatovning davolanishi uchun bir kunda ikki milliard so'm yig'ildi
Taniqli teleboshlovchi Ahror Qo‘shmatovning salomatligi yomonlashgani haqidagi xabarlar jamoatchilik o‘rtasida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda
Madaniyat23:58, 09-10-2026