Bugun
Apple iPhone Duo ekranida nosozliklar aniqlandi
+12°
ясно ветер 1 м/с, ЮЗ
ENRU

Nobel sovrindori Jeyms Uotson 97 yoshida vafot etdi

Madaniyat
41
Nobel sovrindori Jeyms Uotson 97 yoshida vafot etdi
Dunyo ilm-fan jamoasi yana bir buyuk olimni yo‘qotdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

DNK tuzilishini kashf etgan, Nobel mukofoti sohibi, amerikalik biolog Jeyms Uotson 97 yoshida vafot etdi. Bu haqda “The New York Times” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Jeyms Uotson Nyu-Yorkdagi hospisda hayotdan ko‘z yumgan. Olimning o‘g‘li otasining vafotini rasman tasdiqlagan.

Jeyms Uotson 1953-yilda britaniyalik biofizik Frensis Krik bilan hamkorlikda DNKning ikki spiralli tuzilishini aniqlashga muvaffaq bo‘lgan. Bu kashfiyot ilm-fan tarixidagi eng muhim yangiliklardan biri sifatida tan olindi.

Ushbu yutuq uchun Uotson 1962-yilda Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan. Uotson 1990-yilda “Inson genomi” loyihasini boshqarib, DNK xaritasini yaratishda katta hissa qo‘shgan.

U butun hayoti davomida biologiya va genetika sohasida muhim ilmiy meros qoldirdi. Shunga qaramay, 2019-yilda irqiy tafovutlar haqidagi bahsli fikrlari sababli uning barcha faxriy unvonlari bekor qilingan edi.

Jeyms Uotson zamonaviy genetikaning asoschilaridan biri sifatida ilm-fan tarixida abadiy qoladi.

O‘xshash yangiliklar

Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
2026 yil 23–24 oktyabr kunlari Toshkentda "Golden Globes Silk Road Tribute Gala" xalqaro marosimi birinchi marta o‘tkazildi. Tadbir Markaziy Osiyo va Kavkaz
MadaniyatBugun, 15:45
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova Toshkentda o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala” marosimida “Oltin globus” mukofoti bilan taqdirlandi. Bu
MadaniyatBugun, 11:57
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti, taniqli aktrisa Gulchehra Jamilova xalqaro miqyosda e’tirof etildi. U Toshkentda ilk bor o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala”
MadaniyatBugun, 11:54
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
Madaniyat15:42, 23-10-2026
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
Madaniyat15:42, 22-10-2026
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
Madaniyat13:49, 22-10-2026