Bugun
«Torino» «Monsa»ni 3:2 hisobida mag'lub etdi
+15°
ясно ветер 3 м/с, С
ENRU

Katrina Kaif va Viki Kaushal o‘g‘il farzandli bo‘ldi

Madaniyat
84
Katrina Kaif va Viki Kaushal o‘g‘il farzandli bo‘ldi
Hind kinosining mashhur yulduzi, 42 yoshli Katrina Kaif ilk bor ona bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Uning turmush o‘rtog‘i, aktyor Viki Kaushal bilan birgalikda 2025-yil 7-noyabr kuni o‘g‘il farzandli bo‘lishdi. Bu haqda “India Today” nashri xabar berdi.

Katrina Kaif ushbu quvonchli xabarni o‘zining Instagram sahifasida muxlislari bilan bo‘lishdi. Aktrisa postida shunday deb yozgan: “Bizning bir bo‘lagimiz, quvonchimiz dunyoga keldi!

Cheksiz muhabbat va minnatdorchilik bilan o‘g‘limizning tug‘ilganini e’lon qilamiz. Katrina va Viki”.

Viki Kaushalning ukasi Sanni Kaushal ham ushbu xabarni tasdiqladi. U o‘z sahifasida “Men amaki bo‘ldim” deb yozib, bu quvonchni o‘z muxlislari bilan bo‘lishgan.

Katrina Kaifning homiladorligi haqidagi mish-mishlar bir necha oy avval, sentyabr oyida paydo bo‘lgan edi. Juftlik bu haqda rasmiy bayonot bermagan bo‘lsa-da, muxlislar aktrisaning suratlari va intervyularidagi ayrim o‘zgarishlardan shubhalangan edilar.

Katrina Kaif Bollivudning eng mashhur aktrisalaridan biri bo‘lib, u “Josuslar”, “Tezlik”, “Ek Tha Tiger” kabi filmlardagi rollari bilan tanilgan. 2021-yil dekabr oyida u Viki Kaushal bilan Rajaston shtatida o‘tkazilgan an’anaviy to‘y marosimida turmush qurgan edi.

Aktrisa 1983-yilda Gonkongda tug‘ilgan. Uning otasi hindistonlik, onasi esa ingliz millatiga mansub.

Katrina 14 yoshida modellik faoliyatini boshlagan va 2003-yilda “Bum” filmi orqali Bollivudda debyut qilgan. Viki Kaushal esa 1988-yilda Mumbayda tug‘ilgan.

U Rajiv Gandi texnologiya institutini tamomlagan va 2012-yilda “Vasseypur to‘dalari” filmi orqali aktyorlik faoliyatini boshlagan. Eslatib o‘tamiz, Katrina Kaif 2013-yilda Shohrux Xon bilan birgalikda Ginnes rekordlar kitobiga eng badavlat aktrisa sifatida kiritilgan.

O‘sha paytda uning yillik daromadi taxminan 10 million AQSH dollarini tashkil etgan.

O‘xshash yangiliklar

Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
MadaniyatKecha, 15:42
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
Madaniyat15:42, 22-10-2026
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
Madaniyat13:49, 22-10-2026
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
Ikki marta "Oskar" mukofoti sovrindori, "O'tkir tig'lar" seriali va "Pianinochi" filmi aktyori Edrian Broudi O'zbekistonga tashrif buyurdi. Uning kelishi 21-22-oktabr
Madaniyat22:58, 21-10-2026
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Qozog'istonda giyohvand moddalar kontrabandasida gumonlanib qo'lga olingan rossiyalik reper Navai Bakirovga nisbatan ochilgan jinoyat ishi rasmiy ravishda tugatildi.
Madaniyat16:32, 21-10-2026
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda buyuk alloma Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan «Ibn Sino» xalqaro mukofotini ta’sis etish rejalashtirilmoqda. Bu qaror 19
Madaniyat21:46, 20-10-2026