ENRU

Janubiy Koreya sudi aktyor O Yen Suni oqladi

Madaniyat
33
Janubiy Koreya sudi aktyor O Yen Suni oqladi
Janubiy Koreyada apellyatsiya sudi "Kalmar o‘yini" serialida ishtirok etgan 81 yoshli aktyor O Yen Su bo‘yicha jinsiy zo‘ravonlik ishi yuzasidan uni to‘liq oqladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqida ommaviy axborot vositalari xabar berdi. Sud jarayonida aktyorning odobsiz xatti-harakatlarda gumon qilinishiga qaramay, apellyatsiya sudi jabrlanuvchining voqea haqida bergan ma’lumotlari yillar davomida o‘zgarib ketgani mumkinligini qayd etdi.

Shu sababli, barcha shubhalar ayblanuvchi foydasiga talqin qilindi va u oqlandi. Ma’lum qilinishicha, ushbu voqea 2017 yilda sodir bo‘lgan.

Ayblovga ko‘ra, aktyor ayolning roziligisiz uni quchoqlab, yuzidan o‘pgan. Lekin bu voqea 2021 yilda, "Kalmar o‘yini" seriali butun dunyoda mashhur bo‘lib ketganidan keyin ommaga oshkor qilingan.

Birinchi instansiya sudi aktyorni aybdor deb topib, sakkiz oy muddatga shartli qamoq jazosi tayinlagan edi. Shuningdek, sud unga ikki yillik sinov muddati belgiladi.

Biroq prokuratura bu qarordan norozi bo‘lib, unga bir yil qamoq jazosi talab qilgan. Ammo oxir-oqibat apellyatsiya sudi aktyorni oqlashga qaror qildi.

O‘xshash yangiliklar

Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
MadaniyatKecha, 15:42
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
Madaniyat15:42, 22-10-2026
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
Madaniyat13:49, 22-10-2026
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
Ikki marta "Oskar" mukofoti sovrindori, "O'tkir tig'lar" seriali va "Pianinochi" filmi aktyori Edrian Broudi O'zbekistonga tashrif buyurdi. Uning kelishi 21-22-oktabr
Madaniyat22:58, 21-10-2026
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Qozog'istonda giyohvand moddalar kontrabandasida gumonlanib qo'lga olingan rossiyalik reper Navai Bakirovga nisbatan ochilgan jinoyat ishi rasmiy ravishda tugatildi.
Madaniyat16:32, 21-10-2026
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda buyuk alloma Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan «Ibn Sino» xalqaro mukofotini ta’sis etish rejalashtirilmoqda. Bu qaror 19
Madaniyat21:46, 20-10-2026