ENRU

Teylor Svift musiqada yangi tarixiy rekord o‘rnatdi

Madaniyat
59
Teylor Svift musiqada yangi tarixiy rekord o‘rnatdi
Dunyoga mashhur amerikalik qo‘shiqchi Teylor Svift musiqa sohasida yangi tarixiy rekord o‘rnatdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

ChartMasters global reytingining ma’lumotlariga ko‘ra, Svift hozirda musiqa sanoatida eng muvaffaqiyatli va tijoriy jihatdan samarali ijodkorlardan biri sifatida tan olingan. Sviftning umumiy ko‘rsatkichi 253,4 million EAS (ekvivalent albom sotuvi) ga yetib, bu borada u pop musiqasi qirolichasi hisoblangan Madonnani ham ortda qoldirdi.

U Madonnadan 351 ming albomlik farq bilan o‘zib ketdi. Hozirda Teylor Svift dunyo tarixidagi eng ko‘p sotilgan ijodkorlar orasida beshinchi o‘rinni egallab turibdi.

Undan oldinda faqat The Beatles, Maykl Jekson, Elvis Presli va Queen kabi afsonaviy musiqachilar joylashgan. Bundan tashqari, Svift 2022-yilda Billboard Hot 100 reytingining birinchi o‘ntaligini to‘liq egallagan yagona ijodkor bo‘lib tarixga kirgan.

Shuningdek, u so‘nggi o‘n yil davomida vinil plastinkalar sotuvida yetakchilikni saqlab kelmoqda. Sviftning “The Eras Tour” gastrol turnesi ham rekord daromad keltirdi.

2023–2024-yillar davomida o‘tkazilgan 149 ta konsertdan 2 milliard dollardan ortiq daromad olindi. Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, Teylor Sviftning boyligi 1,6 milliard dollarga yetgan bo‘lib, u shou-biznesda yetakchi ayollardan biri sifatida baholanmoqda.

Svift nafaqat musiqada, balki butun shou-biznes sohasida zamonamizning eng ta’sirli ayollaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
MadaniyatKecha, 15:42
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
Madaniyat15:42, 22-10-2026
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
Madaniyat13:49, 22-10-2026
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
Ikki marta "Oskar" mukofoti sovrindori, "O'tkir tig'lar" seriali va "Pianinochi" filmi aktyori Edrian Broudi O'zbekistonga tashrif buyurdi. Uning kelishi 21-22-oktabr
Madaniyat22:58, 21-10-2026
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Qozog'istonda giyohvand moddalar kontrabandasida gumonlanib qo'lga olingan rossiyalik reper Navai Bakirovga nisbatan ochilgan jinoyat ishi rasmiy ravishda tugatildi.
Madaniyat16:32, 21-10-2026
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda buyuk alloma Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan «Ibn Sino» xalqaro mukofotini ta’sis etish rejalashtirilmoqda. Bu qaror 19
Madaniyat21:46, 20-10-2026