ENRU

Tom Kruz faxriy "Oskar" mukofoti bilan taqdirlandi

Madaniyat
39
Tom Kruz faxriy
Gollivudning mashhur aktyori Tom Kruz kino sanoatiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun faxriy "Oskar" mukofotiga loyiq deb topildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Variety nashrining xabariga ko‘ra, mukofot topshirish marosimi 2025-yil 16-noyabr kuni Governors Awards tadbiri doirasida o‘tkazilgan. Mukofotni qabul qilish vaqtida Tom Kruz o‘z nutqida kino san’atiga bo‘lgan cheksiz muhabbatini ta’kidladi.

U: "Film yaratish bu mening kasbim emas, bu men kim ekanligimdir", deb so‘z boshladi. Aktyorning fikriga ko‘ra, kino insoniyatni birlashtiruvchi kuchga ega bo‘lib, odamlarni bir-birini tushunishga, farqlarni qadrlashga va umumiy insoniy qadriyatlarni anglashga undaydi.

"Biz qayerdan bo‘lishimizdan qat’i nazar, kinoteatrda birga kulamiz, birga hayajonlanamiz va birga umid qilamiz – san’atning kuchi shunda. Shu sababli bu mukofot men uchun juda katta ahamiyatga ega", dedi Kruz.

U, shuningdek, bolaligida ilk bor qorong‘i kinoteatr zalida nur chizig‘ini ko‘rganini eslab, bu hodisa uning dunyoqarashini o‘zgartirganini qo‘shimcha qildi. Mazkur kechada faxriy "Oskar" mukofotlari boshqa soha vakillariga ham topshirildi.

Jumladan, taniqli xoreograf Debbi Allen va sahna bezatuvchisi Uinn Tomas ham ushbu yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldi.

O‘xshash yangiliklar

Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
2026 yil 23–24 oktyabr kunlari Toshkentda "Golden Globes Silk Road Tribute Gala" xalqaro marosimi birinchi marta o‘tkazildi. Tadbir Markaziy Osiyo va Kavkaz
MadaniyatKecha, 15:45
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova Toshkentda o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala” marosimida “Oltin globus” mukofoti bilan taqdirlandi. Bu
MadaniyatKecha, 11:57
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti, taniqli aktrisa Gulchehra Jamilova xalqaro miqyosda e’tirof etildi. U Toshkentda ilk bor o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala”
MadaniyatKecha, 11:54
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
Madaniyat15:42, 23-10-2026
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
Madaniyat15:42, 22-10-2026
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
Madaniyat13:49, 22-10-2026