ENRU

Tom Kruz ilk bor faxriy “Oskar” oldi

Madaniyat
42
Tom Kruz ilk bor faxriy “Oskar” oldi
Kecha, 16-noyabr kuni Los-Anjelesda o‘tkazilgan tantanali marosimda mashhur Gollivud aktyori Tom Kruz o‘zining faoliyati davomida birinchi marta faxriy “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda “Variety” nashri xabar berdi. Ushbu mukofot an’anaviy “Oskar” taqdirlash marosimidan alohida o‘tkaziladigan “Governor Awards” tadbirida topshirildi.

Ma’lum qilinishicha, Tom Kruz qariyb 40 yillik kinokaryerasi davomida to‘rt marta “Oskar” mukofotiga nomzod bo‘lgan, ammo hozirgacha bu mukofot unga nasib etmagan edi. U “To‘rtinchi iyulda tug‘ilgan” va “Jerri Maguayr” filmlari uchun “Eng yaxshi erkak roli”, “Magnoliya” filmi uchun “Eng yaxshi ikkinchi plandagi erkak roli” hamda “Top Gan: Maverik” filmi uchun prodyuser sifatida nominatsiyaga qo‘yilgan bo‘lsa-da, g‘olib bo‘lolmagan.

Faxriy “Oskar” mukofoti kino olamidagi eng nufuzli mukofotlardan biri hisoblanadi. Unga ega chiqqanlar orasida Charli Chaplin, Judi Garland, Federiko Fellini kabi mashhur shaxslar bor.

Endi esa bu ro‘yxatga Tom Kruz ham qo‘shildi. Gollivud muxlislari uni pandemiyadan keyin kinoprokatni qayta tiklashdagi hissasi uchun “kinoni qutqargan inson” deb atashadi.

Tom Kruz 1962-yil 3-iyulda AQShda tug‘ilgan. Uning kinodagi faoliyati 1981-yilda boshlangan.

U bir necha bor “Oltin Globus” mukofotini qo‘lga kiritgan va 570 million dollardan ortiq boylikka ega. Tom Kruz dunyoning eng ko‘p daromad topuvchi aktyorlaridan biri sanaladi.

U ishtirok etgan filmlar Shimoliy Amerikada 4 milliard dollardan ortiq, jahon bo‘yicha esa 10 milliard dollardan ko‘proq daromad olgan. Bu yutuqlar uni kino tarixidagi eng muvaffaqiyatli aktyorlardan biriga aylantirgan.

Tom Kruz nafaqat aktyorlik mahorati, balki “Uddalab bo‘lmas topshiriq” seriyasidagi xavfli tryuklari va mashhur rejissyorlar bilan hamkorligi bilan ham tanilgan.

O‘xshash yangiliklar

Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
2026 yil 23–24 oktyabr kunlari Toshkentda "Golden Globes Silk Road Tribute Gala" xalqaro marosimi birinchi marta o‘tkazildi. Tadbir Markaziy Osiyo va Kavkaz
MadaniyatKecha, 15:45
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova Toshkentda o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala” marosimida “Oltin globus” mukofoti bilan taqdirlandi. Bu
MadaniyatKecha, 11:57
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti, taniqli aktrisa Gulchehra Jamilova xalqaro miqyosda e’tirof etildi. U Toshkentda ilk bor o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala”
MadaniyatKecha, 11:54
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
Madaniyat15:42, 23-10-2026
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
Madaniyat15:42, 22-10-2026
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
Madaniyat13:49, 22-10-2026