Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 14 noyabr
+6°
ясно ветер 1 м/с, СВ
ENRU

Nilufar Usmonova konsertida yangi duetlar va hikoyalar

Madaniyat
108
Nilufar Usmonova konsertida yangi duetlar va hikoyalar
Nilufar Usmonova bu yilgi konsert dasturi oldidan muxlislarning qiziqishlariga javob berdi va sahnada taqdim etiladigan yangiliklar haqida ma’lumot berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Uning aytishicha, konsertda bir nechta yangi duetlar, turli tillardagi kuylar va hikoyaviy qo‘shiqlar ijro etiladi. Bu ijodiy yangiliklar tomoshabinlar uchun qiziqarli bo‘lishi kutilmoqda.

Konsert dasturining diqqatga sazovor qismi Alisher Ro‘zmetovning o‘g‘li Hojiakbar Ro‘zmetov bilan ijro etiladigan ona-o‘g‘il muloqoti asosidagi yangi qo‘shiq bo‘ladi. Mazkur asar uzoq vaqt chet elda ishlab, oilasiga qaytgan yigit va uni intizorlik bilan kutgan onaning ta’sirli hikoyasiga bag‘ishlangan.

Shuningdek, Nilufar Usmonova bu yil taniqli ijodkor Aziz Yo‘ldoshev bilan duet tayyorlayotganini ma’lum qildi. Uning fikricha, bunday hamkorlikda yosh yoki tajriba emas, balki ijodkorlarning musiqiy va ruhiy uyg‘unligi muhim ahamiyat kasb etadi.

Har yili muxlislar tomonidan ko‘tariladigan savol — Yulduz Usmonova konsertda ishtirok etadimi? Bu borada Nilufar Usmonova shunday deydi: “Onamning o‘z konsertlari bor, ularga hurmat saqlash muhim.

Xonanda sifatida kelishlarini xohlayman, lekin qizi sifatida ularning dam olishlarini istayman. Bu mening konsertim, meni ko‘rish uchun kelinglar”.

Konsert dasturidagi eng murakkab asar “Kel ikkimiz” qo‘shig‘i bo‘lishi kutilmoqda. Nilufarning so‘zlariga ko‘ra, bu qo‘shiqni mukammal ijro etish uchun sozandalar va raqqosalar bilan ko‘p marta mashq qilinmoqda.

Shuningdek, aktyor Jamshid Bobojonov bilan duet kuylash ham rejalashtirilgan. Bu duet muxlislarning talabi bilan tashkil etilmoqda.

“Xalq shunday duetni ko‘rishni xohladi, biz esa ularning istagini bajardik”, — deydi Nilufar Usmonova.

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026