ENRU

Diyora Keldiyorova: "Sport hayotimni o‘zgartirdi"

Madaniyat
36
Diyora Keldiyorova:
O‘zbekistonlik taniqli dzyudochi, ikki karra Osiyo chempioni va uch karra Jahon chempionati sovrindori Diyora Keldiyorova yaqinda Instagram ijtimoiy tarmog‘ida bolalikdagi hayoti va erishgan yutuqlari haqida samimiy so‘zlab berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu video qisqa vaqt ichida keng ommaga tarqalib, ko‘pchilikning qalbini larzaga soldi. Diyora videoda o‘zining bolalikdagi qiyinchiliklari haqida shunday deydi: "Men qish faslini yoqtirmasdim, chunki krossovkam yo‘q edi.

Yugurish uchun rulon paket kiyib mashq qilardim. Hayotimni o‘zgartiradigan yagona narsa sport edi.

Aynan sport menga kuch berdi va taqdirimni o‘zgartirdi." Uning so‘zlariga ko‘ra, u oddiy ishchi oilasida tug‘ilib, mehnat bilan ulg‘aygan. "Ota-onam doim: 'Grantga kirsang, o‘qitamiz', der edi.

Sport esa menga nafaqat grantga kirishda, balki chet elga chiqishda va hayotda katta maqsadlar qo‘yishda yordam berdi," deydi sportchi. Diyora o‘z chiqishida barcha ayollar va qizlarga quyidagi ilhomli so‘zlarni yo‘lladi: "Hayotingizda moddiy imkoniyatlar kam bo‘lishi mumkin, ammo ichingizdagi kuch nihoyatda katta.

Bu kuchni bizga Yaratgan bergan. O‘zingizga ishoning va oldinga dadil qadam tashlang." Diyoraning samimiy va ta’sirli so‘zlari ko‘plab odamlarning qalbini zabt etdi.

Uning ilhomlantiruvchi hikoyasi ijtimoiy tarmoqlarda keng e’tirof etilib, minglab qo‘llab-quvvatlov izohlari bilan kutib olindi.

O‘xshash yangiliklar

Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
Madaniyat15:42, 23-10-2026
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
Madaniyat15:42, 22-10-2026
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
Madaniyat13:49, 22-10-2026
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
Ikki marta "Oskar" mukofoti sovrindori, "O'tkir tig'lar" seriali va "Pianinochi" filmi aktyori Edrian Broudi O'zbekistonga tashrif buyurdi. Uning kelishi 21-22-oktabr
Madaniyat22:58, 21-10-2026
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Qozog'istonda giyohvand moddalar kontrabandasida gumonlanib qo'lga olingan rossiyalik reper Navai Bakirovga nisbatan ochilgan jinoyat ishi rasmiy ravishda tugatildi.
Madaniyat16:32, 21-10-2026
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda buyuk alloma Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan «Ibn Sino» xalqaro mukofotini ta’sis etish rejalashtirilmoqda. Bu qaror 19
Madaniyat21:46, 20-10-2026