ENRU

Stiven Kingning "U" romani Rossiyada sotuvdan olindi

Madaniyat
45
Stiven Kingning
Stiven Kingning "U" ("Ono") nomli mashhur romani Rossiyada sotuvdan olinmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda TASS axborot agentligi xabar berdi. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu asarni ayrim onlayn marketpleyslar va internet-do‘konlar orqali sotib olish imkoni yo‘q.

Wildberries va Russ kompaniyalari birlashgan matbuot xizmati roman Rossiya qonunchiligiga zid bo‘lishi yoki platforma qoidalarini buzishi mumkinligini ma’lum qilgan. Ularning ta’kidlashicha, Wildberries platformasi Rossiya qonunchiligiga qat’iy amal qiladi va taqiqlangan mahsulotlarni sotishga yo‘l qo‘ymaydi.

Telegram’dagi "Gorod54" kanali ham Novosibirskdagi kitob do‘konlarida ushbu roman javonlardan olib tashlanganini xabar qildi. Do‘kon vakillarining so‘zlariga ko‘ra, kitob sotuvdan butunlay chiqarilgan va qayta savdoga qo‘yilmasligi mumkin.

Nashriyot vakili Sergey Rubisning aytishicha, "U" romanidagi ayrim mazmuniy jihatlar tekshirilishi uchun sotuv vaqtincha to‘xtatilgan. Bu qaror Rossiya kitob ittifoqi va Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan Rosskomnadzorga yuborilgan so‘rovdan so‘ng qabul qilingan.

Avvalroq ushbu roman LGBT targ‘iboti sababli Rossiyada taqiqlanishi kerak bo‘lgan kitoblar ro‘yxatiga kiritilgandi. Biroq, Internet-savdo kompaniyalari assotsiatsiyasi rahbari Artem Sokolov bu ro‘yxatning dolzarbligini rad etgan edi.

Eslatib o‘tamiz, "U" romani 1986 yilda ilk bor nashr etilgan bo‘lib, unda Derri shahrida yashovchi do‘stlar guruhi va ularning masxaraboz Pennivayz ko‘rinishidagi yirtqich hayvon bilan to‘qnashuvi tasvirlanadi.

O‘xshash yangiliklar

«Forsaj» filmi asosida yangi maxsus serial suratga olinadi
«Forsaj» filmi asosida yangi maxsus serial suratga olinadi
Kinematografiya tarixidagi eng muvaffaqiyatli va serdaromad loyihalardan biri hisoblangan Forsaj turkumi endi striming platformalari orqali tomoshabinlar e’tiboriga havola etiladi. Bu haqda One.uz
Madaniyat23:43, 03-10-2026
Jim Kerri 64 yoshida uchinchi bor rasman oila qurdi
Jim Kerri 64 yoshida uchinchi bor rasman oila qurdi
Gollivudning dunyoga mashhur yulduzi, taniqli komik aktyor Jim Kerri 64 yoshida uchinchi bor rasman oila qurdi. U o‘zidan 32 yosh kichik bo‘lgan rassom va aktrisa Min
Madaniyat01:56, 03-10-2026
Italiyalik mashhur aktrisa Monika Belluchchi oltmish yoshni qarshi oldi
Italiyalik mashhur aktrisa Monika Belluchchi oltmish yoshni qarshi oldi
Jahon kinosining yorqin vakili, "Malena", "Matritsa" va "007: Spektr" kabi mashhur filmlardagi betakror rollari bilan tanilgan italiyalik aktrisa Monika Belluchchi 30-sentabr kuni 60 yoshini qarshi
Madaniyat23:50, 01-10-2026
Shakira Bishkekda o'zining ilk katta konsert dasturini taqdim etadi
Shakira Bishkekda o'zining ilk katta konsert dasturini taqdim etadi
Jahon musiqa olamining yorqin yulduzi Shakira o‘zining "Las Mujeres Ya No Lloran World Tour" deb nomlangan dunyo bo‘ylab gastrol safari doirasida Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida katta konsert
Madaniyat23:38, 01-10-2026
«Afra Sarachog‘li» soch testi kokain aniqladi
«Afra Sarachog‘li» soch testi kokain aniqladi
Turkiya OAVlarida mashhur aktrisa Afra Sarachog‘lining giyohvand moddalar bo‘yicha olib borilayotgan sud-tibbiy tekshiruv natijalari ma’lum bo‘ldi. Ularning soch
Madaniyat23:47, 30-09-2026
Hamid Ismoilov Nobel mukofoti uchun 33/1 koeffitsiyent bilan ro‘yxatda joy oladi
Hamid Ismoilov Nobel mukofoti uchun 33/1 koeffitsiyent bilan ro‘yxatda joy oladi
O‘zbekistonlik yozuvchi Hamid Ismoilov 2026 yilgi adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti uchun bukmekerlar ro‘yxatida joy olgan. U Literary Hub xabariga ko‘ra, bu ro‘yxat
Madaniyat23:34, 30-09-2026