Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 26 oktabr
+12°
ясно ветер 1 м/с, ЮЗ
ENRU

Hind kinosi afsonasi Dharmendra vafot etdi

Madaniyat
92
Hind kinosi afsonasi Dharmendra vafot etdi
Hind kinosining afsonaviy aktyori Dharmendra 89 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Aktyor so‘nggi kunlarda Mumbay shahridagi shifoxonada davolanayotgan edi. Uning vafoti butun dunyo bo‘ylab millionlab muxlislar uchun katta yo‘qotish bo‘ldi.

Dharmendra o‘zining boy ijodi davomida yuzlab hind filmlarida bosh qahramon obrazlarini yaratgan. U o‘zbek tomoshabinlariga ayniqsa “Zita va Gita” hamda “Ali bobo va qirq qaroqchi” filmlari orqali yaxshi tanish.

Ushbu filmlar orqali aktyor nafaqat Hindistonda, balki butun Osiyo mintaqasida katta shuhrat qozongan edi. Dharmendra Hindiston kino tarixida o‘ziga xos o‘rin egallagan aktyor bo‘lib, u Bollivudning taniqli yulduzi Hema Malinining turmush o‘rtog‘i edi.

Uning ijodi va shaxsiyati ko‘plab avlodlar uchun ilhom manbai bo‘lib kelgan. Uning vafoti nafaqat hind kinosi, balki o‘zbek kino ixlosmandlari uchun ham og‘ir yo‘qotishdir.

O‘xshash yangiliklar

Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
2026 yil 23–24 oktyabr kunlari Toshkentda "Golden Globes Silk Road Tribute Gala" xalqaro marosimi birinchi marta o‘tkazildi. Tadbir Markaziy Osiyo va Kavkaz
MadaniyatKecha, 15:45
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova Toshkentda o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala” marosimida “Oltin globus” mukofoti bilan taqdirlandi. Bu
MadaniyatKecha, 11:57
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti, taniqli aktrisa Gulchehra Jamilova xalqaro miqyosda e’tirof etildi. U Toshkentda ilk bor o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala”
MadaniyatKecha, 11:54
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
Madaniyat15:42, 23-10-2026
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
Madaniyat15:42, 22-10-2026
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
Madaniyat13:49, 22-10-2026