Bugun
Apple iPhone Duo ekranida nosozliklar aniqlandi
+12°
ясно ветер 1 м/с, ЮЗ
ENRU

Irem Xelvajiog‘lu turmush o‘rtog‘i bilan ajrashmoqda

Madaniyat
134
Irem Xelvajiog‘lu turmush o‘rtog‘i bilan ajrashmoqda
Turkiya shou-biznesida yana bir kutilmagan hodisa yuz berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mashhur “So‘yla, Qora dengiz” serialida bosh rolni ijro etgan aktrisa Irem Xelvajiog‘lu turmush o‘rtog‘i, tadbirkor Ural Kaspar bilan ajrashishga qaror qilgani haqida turk ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda. Ushbu qaror aktrisaning farzandi dunyoga kelganidan bir oy ham o‘tmay qabul qilingan.

Irem va Uralning munosabatlari uzoq yillardan beri murakkab bo‘lib kelgan. Ular bir necha bor ajralib, keyin yana yarashgan.

Hatto to‘ydan bir necha oy oldin ularning ajrashgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Shunga qaramay, ularning 2024-yil oktyabr oyida oila qurishi ko‘pchilikni hayratga solgan edi.

Yaqinda esa Irem Sora ismli qiz farzandini dunyoga keltirdi. Ural Kaspar ijtimoiy tarmoqlarda bu voqeadan xursand ekanini bildirgan edi.

Biroq, Aksam nashrining ma’lumotiga ko‘ra, juftlik kelishuv asosida ajrashishga qaror qilgan. Ajrashish sabablari haqida ochiq ma’lumot berilmagan.

Iremning agenti ham, Uralning o‘zi ham bu borada izoh bermagan. Bundan tashqari, bir necha kun oldin ular ishtirok etgan avtohalokat haqida ham xabarlar tarqalgan.

Mototsikl ularning mashinasiga urilgan va Iremga tibbiy yordam ko‘rsatilgan, bir necha chok qo‘yilgan. Yaxshiyamki, jarohatlar og‘ir bo‘lmagan va oila shifoxonadan tezda chiqib ketgan.

Hozircha ajrashish jarayonining qachon boshlanishi va juftlikning kelgusidagi rejalari haqida aniq ma’lumot yo‘q. Voqealar rivoji ko‘pchilikning e’tiborida bo‘lib turibdi.

O‘xshash yangiliklar

Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
2026 yil 23–24 oktyabr kunlari Toshkentda "Golden Globes Silk Road Tribute Gala" xalqaro marosimi birinchi marta o‘tkazildi. Tadbir Markaziy Osiyo va Kavkaz
MadaniyatBugun, 15:45
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova Toshkentda o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala” marosimida “Oltin globus” mukofoti bilan taqdirlandi. Bu
MadaniyatBugun, 11:57
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti, taniqli aktrisa Gulchehra Jamilova xalqaro miqyosda e’tirof etildi. U Toshkentda ilk bor o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala”
MadaniyatBugun, 11:54
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
Madaniyat15:42, 23-10-2026
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
Madaniyat15:42, 22-10-2026
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
Madaniyat13:49, 22-10-2026