ENRU

«Tig‘iz vaqt 4» filmi ustida ish boshlandi

Madaniyat
51
«Tig‘iz vaqt 4» filmi ustida ish boshlandi
Paramount studiyasi Jeki Chan va Kris Taker ishtirokidagi mashhur «Tig‘iz vaqt» filmlar turkumi ustida ishlashni qayta boshladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, «Tig‘iz vaqt 4» filmi Paramount tomonidan ishlab chiqariladi. Bu loyiha avval Warner Bros.

tomonidan rejalashtirilgan, biroq rejissyor Brett Ratner bilan bog‘liq muammolar sabab, 18 yil davomida amalga oshirilmay qolgan edi. Endi esa Jeki Chan va Kris Taker yana inspektor Li va detektiv Karter obrazlarini jonlantirishadi.

Qiziqarli jihati shundaki, loyiha qayta tiklanishida AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning aloqasi bor. Semafor nashrining xabariga ko‘ra, Tramp Paramount rahbari Devid Ellisonga bosim o‘tkazib, 80-90-yillardagi mashhur jangari va komediya filmlarini qayta tiklashni taklif qilgan.

Filmni suratga olish ishlari kelgusi yilda boshlanishi kutilmoqda, ammo aniq chiqish sanasi hali e’lon qilinmagan. Avvalgi trilogiya dunyo miqyosida 850 million dollar daromad keltirgan edi.

Jeki Chan esa 71 yoshga kirganiga qaramay, xavfli tryuklardan voz kechmasligini aytmoqda. Bu esa yangi filmni yanada qiziqarli qilishiga umid bildirilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
2026 yil 23–24 oktyabr kunlari Toshkentda "Golden Globes Silk Road Tribute Gala" xalqaro marosimi birinchi marta o‘tkazildi. Tadbir Markaziy Osiyo va Kavkaz
MadaniyatKecha, 15:45
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova Toshkentda o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala” marosimida “Oltin globus” mukofoti bilan taqdirlandi. Bu
MadaniyatKecha, 11:57
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti, taniqli aktrisa Gulchehra Jamilova xalqaro miqyosda e’tirof etildi. U Toshkentda ilk bor o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala”
MadaniyatKecha, 11:54
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
Madaniyat15:42, 23-10-2026
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
Madaniyat15:42, 22-10-2026
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
Madaniyat13:49, 22-10-2026