ENRU

Pavel Durov sog‘lom hayot siri bilan bo‘lishdi

Madaniyat
51
Pavel Durov sog‘lom hayot siri bilan bo‘lishdi
Telegram asoschisi Pavel Durov sog‘lom hayot tarzi borasidagi qarashlari bilan yana jamoatchilik e’tiborini tortdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U o‘zining oddiy, ammo qat’iy odatlari tufayli sog‘lom turmush kechirish va uzoq muddat yaxshi salomatlikni saqlash mumkinligini ta’kidladi. Ijtimoiy tarmoqlarda berilgan “Nega ba’zi odamlar kamdan-kam xastalikka chalinadi?” degan savolga Durov qisqa va aniq javob berdi.

Durovning ta’kidlashicha, kuchli sog‘liq va barqaror immunitetning asosiy omillari quyidagilarga bog‘liq: kuniga kamida 8 soat sifatli uyqu, tabiiy va toza mahsulotlardan iborat ovqatlanish, muntazam jismoniy mashqlar, ruhiy barqarorlikni saqlash, tamaki va alkogoldan butunlay voz kechish, shuningdek, zarurat bo‘lmaganda dorilar iste’mol qilmaslik. Ma’lum bo‘lishicha, Durov ushbu qoidalarga 20 yildan buyon qat’iy amal qilib keladi.

U alkogol, sigaret va kofeinli ichimliklarni umuman iste’mol qilmaydi. Shuningdek, uning kuni odatda sovuq suvda cho‘milish bilan boshlanadi va dushdagi suv harorati deyarli nol darajaga yaqin bo‘ladi.

Har kuni kamida bir soat jismoniy mashq bajarish va uyqu rejimiga qat’iy rioya qilish orqali u 41 yoshida ham yosh va sog‘lom ko‘rinishini saqlab qolgan. Durovning so‘zlariga ko‘ra, u oxirgi marta 15 yil avval shamollagan.

Uning bu fikrlari ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ko‘plab foydalanuvchilar ushbu maslahatlardan ruhlanib, zararli odatlarni tark etishga qaror qilganini yozmoqda.

Ammo ayrimlar bunday turmush tarzini amalga oshirish nafaqat kuchli iroda, balki katta moliyaviy imkoniyatlarni ham talab qilishi mumkinligini hazilomuz tarzda ta’kidlab o‘tishdi.

O‘xshash yangiliklar

O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda buyuk alloma Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan «Ibn Sino» xalqaro mukofotini ta’sis etish rejalashtirilmoqda. Bu qaror 19
MadaniyatKecha, 21:46
Marko Rubio Samarqandda O‘zbekistonning boy madaniy merosi bilan tanishdi
Marko Rubio Samarqandda O‘zbekistonning boy madaniy merosi bilan tanishdi
Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Marko Rubioning O‘zbekistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifi doirasida Samarqand shahridagi Boqiy shahar tarixiy-etnografik majmuasida maxsus madaniy dastur
Madaniyat23:42, 19-10-2026
Istanbuldagi suv toshqinida qolgan mashhur san'atkorlar qutqarildi
Istanbuldagi suv toshqinida qolgan mashhur san'atkorlar qutqarildi
Turkiyaning Istanbul shahrida yuz bergan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida yuzaga kelgan suv toshqini mashhur san’atkorlar Murat Boz va Demet O‘zdemirning hayotini xavf ostida qoldirdi. Bu haqda
Madaniyat15:31, 15-10-2026
Nodirbek Abdusattorov Javohir Sindarovni dunyoning eng kuchli shaxmatchilari qatoriga qo'shdi
Nodirbek Abdusattorov Javohir Sindarovni dunyoning eng kuchli shaxmatchilari qatoriga qo'shdi
O‘zbekistonlik taniqli grossmeyster Nodirbek Abdusattorov o‘z hamkasbi va hamyurti Javohir Sindarovning shaxmatdagi ulkan salohiyatini yuqori baholab, uni dunyo shaxmati tarixidagi eng iste’dodli
Madaniyat23:34, 12-10-2026
Shohrux Xonning O‘zbekistonga tashrifi yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda
Shohrux Xonning O‘zbekistonga tashrifi yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda
Bollivud yulduzi Shohrux Xonning O‘zbekistonga tashrifi bilan bog‘liq xabarlar ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida keng muhokama qilinmoqda. Hind kinosi
Madaniyat23:58, 11-10-2026
Mashhur bloger MrBeast O‘zbekiston haqida maxsus rukn ochdi
Mashhur bloger MrBeast O‘zbekiston haqida maxsus rukn ochdi
Dunyoning eng mashhur videoblogeri va kontent yaratuvchisi MrBeast, ya’ni Jimmi Donaldson O‘zbekistonga qilgan tashrifi xotiralarini o‘zining Instagram sahifasida alohida bo‘limga joylashtirdi. Bu
Madaniyat23:42, 11-10-2026