ENRU

Samarqandda xalqaro haykaltaroshlik simpoziumi boshlandi

Madaniyat
37
Samarqandda xalqaro haykaltaroshlik simpoziumi boshlandi
Samarqand shahrida “Samarqand-2025” IV Xalqaro haykaltaroshlik simpoziumi boshlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu tadbir CITES CoP20 doirasida o‘tkazilib, uning asosiy maqsadi ekologik madaniyatni targ‘ib qilish, xalqaro ijodiy hamkorlikni rivojlantirish va shahar muhitini san’at orqali yanada go‘zal qilishdan iborat. Bu yilgi simpoziumda ishtirok etish uchun 73 davlatdan 150 nafar haykaltarosh tomonidan 300 dan ortiq eskizlar taqdim etildi.

Ular orasidan 17 ta eng yaxshi asar saralab olindi. Ummon, Eron, Turkiya, Xitoy, Hindiston, Buyuk Britaniya, Gruziya, Yaponiya va O‘zbekiston kabi mamlakatlardan kelgan 20 ga yaqin mahoratli ustalar marmardan haykallar yaratmoqda.

Ushbu san’at asarlari keyinchalik Samarqand va Toshkentdagi bog‘larda o‘rnatilishi rejalashtirilgan. Ishtirokchilar uchun Samarqanddagi “Jannat makon” bog‘ida maxsus ustaxonalar va barcha zarur sharoitlar tashkil etilgan.

7 dekabrga qadar “Ipak yo‘li” Xalqaro turizm va madaniy meros universiteti hamda Samarqand Turizm akademiyasida mahorat darslari va uchrashuvlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, CITES CoP20 tadbiri ishtirokchilari simpozium jarayonlarini kuzatishlari va noyob o‘simliklar hamda hayvonot turlariga bag‘ishlangan asarlar ko‘rgazmasini tomosha qilishlari mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova Toshkentda o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala” marosimida “Oltin globus” mukofoti bilan taqdirlandi. Bu
MadaniyatBugun, 11:57
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti, taniqli aktrisa Gulchehra Jamilova xalqaro miqyosda e’tirof etildi. U Toshkentda ilk bor o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala”
MadaniyatBugun, 11:54
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
Madaniyat15:42, 23-10-2026
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
Madaniyat15:42, 22-10-2026
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
Madaniyat13:49, 22-10-2026
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
Ikki marta "Oskar" mukofoti sovrindori, "O'tkir tig'lar" seriali va "Pianinochi" filmi aktyori Edrian Broudi O'zbekistonga tashrif buyurdi. Uning kelishi 21-22-oktabr
Madaniyat22:58, 21-10-2026