ENRU

Silvestr Stallone: Qiyinchilikdan shon-shuhrat sari yo‘l

Madaniyat
50
Silvestr Stallone: Qiyinchilikdan shon-shuhrat sari yo‘l
Silvestr Stallone bugungi kunda Gollivudning kuch va iroda ramzi sifatida tanilgan. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ammo u bu darajaga birdaniga yetib kelmagan. Uning hayoti matonat va qat’iyat darsi bo‘lib, ko‘pchilik uchun ilhom manbai hisoblanadi.

Stallone yoshlik chog‘ida yuzining bir qismi falaj bo‘lib qolganiga qaramay, aktyorlik orzusidan voz kechmadi. U o‘z maqsadi sari intilib, Mayami Dramatik san’at akademiyasini tamomladi va o‘zini teatr sahnasida sinab ko‘rdi.

Ammo bu yo‘lda u ko‘plab qiyinchiliklarga duch keldi. Shon-shuhratga erishguniga qadar Stallone turli og‘ir ishlarda mehnat qildi.

U kinoteatrlarda chipta sotdi, barlarda qorovul bo‘ldi va yerto‘lada boks janglarida qatnashdi. Hatto hayvonot bog‘ida sher va yo‘lbars qafaslarini tozalab, bir soatlik mehnati uchun atigi bir dollar ishlab topgan kunlari ham bo‘lgan.

Moliyaviy qiyinchilik sababli u uch hafta davomida vokzalda tunab yurgan, chunki ijara haqini to‘lashga imkoniyati bo‘lmagan. Shuningdek, bir filmda atigi 200 dollarga rol o‘ynashga ham rozi bo‘lgan.

Biroq uning hayotidagi burilish nuqtasi “Rokki” filmi bo‘ldi. Ushbu film katta muvaffaqiyatga erishib, Stallonening mashhurligini oshirdi va moliyaviy ahvolini butunlay o‘zgartirdi.

Silvestr Stallone misolida har qanday qiyinchiliklarga qaramay, orzudan voz kechmaslik va mehnat qilish orqali muvaffaqiyatga erishish mumkinligini ko‘rishimiz mumkin. Bu uning hayoti orqali berilgan eng katta saboqdir.

O‘xshash yangiliklar

Istanbuldagi suv toshqinida qolgan mashhur san'atkorlar qutqarildi
Istanbuldagi suv toshqinida qolgan mashhur san'atkorlar qutqarildi
Turkiyaning Istanbul shahrida yuz bergan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida yuzaga kelgan suv toshqini mashhur san’atkorlar Murat Boz va Demet O‘zdemirning hayotini xavf ostida qoldirdi. Bu haqda
MadaniyatKecha, 15:31
Nodirbek Abdusattorov Javohir Sindarovni dunyoning eng kuchli shaxmatchilari qatoriga qo'shdi
Nodirbek Abdusattorov Javohir Sindarovni dunyoning eng kuchli shaxmatchilari qatoriga qo'shdi
O‘zbekistonlik taniqli grossmeyster Nodirbek Abdusattorov o‘z hamkasbi va hamyurti Javohir Sindarovning shaxmatdagi ulkan salohiyatini yuqori baholab, uni dunyo shaxmati tarixidagi eng iste’dodli
Madaniyat23:34, 12-10-2026
Shohrux Xonning O‘zbekistonga tashrifi yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda
Shohrux Xonning O‘zbekistonga tashrifi yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda
Bollivud yulduzi Shohrux Xonning O‘zbekistonga tashrifi bilan bog‘liq xabarlar ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida keng muhokama qilinmoqda. Hind kinosi
Madaniyat23:58, 11-10-2026
Mashhur bloger MrBeast O‘zbekiston haqida maxsus rukn ochdi
Mashhur bloger MrBeast O‘zbekiston haqida maxsus rukn ochdi
Dunyoning eng mashhur videoblogeri va kontent yaratuvchisi MrBeast, ya’ni Jimmi Donaldson O‘zbekistonga qilgan tashrifi xotiralarini o‘zining Instagram sahifasida alohida bo‘limga joylashtirdi. Bu
Madaniyat23:42, 11-10-2026
Halit Ergench va Maryam Uzerli yangi filmda birga suratga tushadi
Halit Ergench va Maryam Uzerli yangi filmda birga suratga tushadi
Dunyoga mashhur Muhtasham yuz yil serialida Sulton Sulaymon va Xurram Sulton obrazlarini mahorat bilan ijro etgan aktyorlar Halit Ergench hamda Maryam Uzerli oradan o'n besh yil o'tib, yangi
Madaniyat23:59, 10-10-2026
Sidni Suini va Merilin Monro qarindosh ekani aniqlandi
Sidni Suini va Merilin Monro qarindosh ekani aniqlandi
Gollivudning mashhur aktrisalari Sidni Suini va afsonaviy Merilin Monro o‘rtasida yaqin qarindoshlik aloqalari borligi aniqlandi. MyHeritage genealogik platformasi
Madaniyat23:44, 10-10-2026