ENRU

Asila Mirzayorova: Matonat va yutuqlar timsoli

Madaniyat
38
Asila Mirzayorova: Matonat va yutuqlar timsoli
O‘zbekiston sportining faxri, xalqaro musobaqalarda yurtimiz nomini munosib tarzda himoya qilayotgan paralimpiyachi Asila Mirzayorova haqida qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etamiz. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

1. Asila Mirzayorova 1999 yil 3 iyul kuni Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahrida tavallud topgan.

U oilada besh nafar farzandning to‘rtinchisi bo‘lib, bolaligidanoq sportga qiziqishi bilan ajralib turgan. Faol va quvnoq qizaloq sifatida tanilgan Asila yoshlikdan sportga mehr qo‘ygan.

2. Yoshligida yuz bergan baxtsiz hodisa tufayli Asila ko‘rish qobiliyatini yo‘qotgan.

Ammo bu holat uni ruhdan tushirmadi. U o‘zini sportga bag‘ishlab, yangi maqsad sari dadil qadam tashladi.

3. Asila paralimpiya sportiga atigi 8 yil avval kirib kelgan bo‘lsa-da, qisqa vaqt ichida ulkan yutuqlarga erishdi.

2024 yil Parij paralimpiadasida uzunlikka sakrash bo‘yicha 5,22 metr natija bilan 28 yillik rekordni yangiladi. U dunyo rekordchisi sifatida oltin medalni qo‘lga kiritdi va bu yutuq nafaqat uning, balki butun O‘zbekistonning faxriga aylandi.

4. Yaqinda Asila ukasining to‘yi munosabati bilan unga yangi uy sovg‘a qildi.

Ushbu sovg‘a sportchining ukasiga bo‘lgan minnatdorligi va uning doimiy qo‘llab-quvvatlashi uchun ramziy ifoda bo‘ldi. 5.

2024 yil 22 noyabr kuni Asila Mirzayorova qiz farzandli bo‘ldi. U qiziga "Rihana" deb ism qo‘ydi.

Bu xushxabar muxlislar orasida keng tarqalib, ko‘plab tabriklarga sabab bo‘ldi. Asila Mirzayorovaning hayot yo‘li va yutuqlari nafaqat sportchilar uchun, balki barcha yoshlar uchun ham ilhom manbai bo‘lib xizmat qilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Istanbuldagi suv toshqinida qolgan mashhur san'atkorlar qutqarildi
Istanbuldagi suv toshqinida qolgan mashhur san'atkorlar qutqarildi
Turkiyaning Istanbul shahrida yuz bergan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida yuzaga kelgan suv toshqini mashhur san’atkorlar Murat Boz va Demet O‘zdemirning hayotini xavf ostida qoldirdi. Bu haqda
MadaniyatKecha, 15:31
Nodirbek Abdusattorov Javohir Sindarovni dunyoning eng kuchli shaxmatchilari qatoriga qo'shdi
Nodirbek Abdusattorov Javohir Sindarovni dunyoning eng kuchli shaxmatchilari qatoriga qo'shdi
O‘zbekistonlik taniqli grossmeyster Nodirbek Abdusattorov o‘z hamkasbi va hamyurti Javohir Sindarovning shaxmatdagi ulkan salohiyatini yuqori baholab, uni dunyo shaxmati tarixidagi eng iste’dodli
Madaniyat23:34, 12-10-2026
Shohrux Xonning O‘zbekistonga tashrifi yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda
Shohrux Xonning O‘zbekistonga tashrifi yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda
Bollivud yulduzi Shohrux Xonning O‘zbekistonga tashrifi bilan bog‘liq xabarlar ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida keng muhokama qilinmoqda. Hind kinosi
Madaniyat23:58, 11-10-2026
Mashhur bloger MrBeast O‘zbekiston haqida maxsus rukn ochdi
Mashhur bloger MrBeast O‘zbekiston haqida maxsus rukn ochdi
Dunyoning eng mashhur videoblogeri va kontent yaratuvchisi MrBeast, ya’ni Jimmi Donaldson O‘zbekistonga qilgan tashrifi xotiralarini o‘zining Instagram sahifasida alohida bo‘limga joylashtirdi. Bu
Madaniyat23:42, 11-10-2026
Halit Ergench va Maryam Uzerli yangi filmda birga suratga tushadi
Halit Ergench va Maryam Uzerli yangi filmda birga suratga tushadi
Dunyoga mashhur Muhtasham yuz yil serialida Sulton Sulaymon va Xurram Sulton obrazlarini mahorat bilan ijro etgan aktyorlar Halit Ergench hamda Maryam Uzerli oradan o'n besh yil o'tib, yangi
Madaniyat23:59, 10-10-2026
Sidni Suini va Merilin Monro qarindosh ekani aniqlandi
Sidni Suini va Merilin Monro qarindosh ekani aniqlandi
Gollivudning mashhur aktrisalari Sidni Suini va afsonaviy Merilin Monro o‘rtasida yaqin qarindoshlik aloqalari borligi aniqlandi. MyHeritage genealogik platformasi
Madaniyat23:44, 10-10-2026