Bugun
Apple iPhone Duo ekranida nosozliklar aniqlandi
+12°
ясно ветер 1 м/с, ЮЗ
ENRU

Aysanem Yusupova haqida 12 qiziqarli fakt

Madaniyat
60
Aysanem Yusupova haqida 12 qiziqarli fakt
Aktrisa Aysanem Yusupova haqida 12 ta qiziqarli fakt: 1. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Aysanem Yusupova 1997 yil 2 yanvarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahrida tug‘ilgan. U 2012 yilda maktabni tamomlagan va Nukus Davlat Yuridik kollejida ta’lim olgan.

2020 yilda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining “Teatr va kino aktyorligi” yo‘nalishida bakalavr darajasini, 2022 yilda esa magistraturani tamomlagan. 2.

Dastlabki ijodiy faoliyatini xonandalik bilan boshlagan. Aktrisa sifatida ilk bor 2017 yilda “Maftuningman 2” filmida Qizlargul obrazini ijro etgan.

2019 yilda esa Hilol Nasimov rejissyorligidagi “Meros” filmida Oygul roli orqali keng tanilgan. 3.

U xonandalik faoliyatini 8-9-sinfda o‘qiyotgan vaqtlarida boshlagan. “Vatan”, “Ona” va “Yoshlik” mavzularida qo‘shiqlar kuylab, ularga kliplar suratga tushirgan.

4. “O‘zbek qizi” filmidagi bosh roli Aysanem Yusupovaga xalqaro e’tirof keltirgan.

Ushbu roli uchun u Rossiyada IV Xalqaro “Lendok” kinofestivalida va Tojikistonda “Toji Somon” II Xalqaro kinofestivalida “Eng yaxshi ayol roli” nominatsiyasida g‘olib chiqqan. 5.

Aktrisaning sevimli futbolchisi Krishtianu Ronaldu. 6.

2023 yilda u “Singlim” serialida ilk bor salbiy rolni ijro etgan. 7.

Aysanem Yusupova o‘zidan katta ustozlar davrasida bo‘lishni yaxshi ko‘radi. U Ra’no Zokirova, Muyassar Berdiqulova, Shohida Uzoqova va Dilnoza Kubayevalardan ijodiy saboq olishni afzal ko‘radi.

8. U eng qulay va samarali ishlaydigan hamkasblari sifatida Shohruh Hamdamov va Fotih Nasimovni tilga oladi.

9. 2023 yilda Aysanem Yusupova “Markaziy Osiyoning eng yaxshi aktrisalari” ro‘yxatiga kiritilgan.

10. Uni kino olamiga olib kirgan inson rejissyor Hilol Nasimov bo‘lgan.

11. Aktrisa suratga olish jarayonlarida ko‘p marta jarohatlar olgan.

Masalan, “O‘zbek qizi” filmida qo‘lining tirsak qismini shisha siniqlari kesgan. “Meros” filmida esa otdan yiqilgan, biroq tezda o‘zini tiklab, suratga olishni davom ettirgan.

12. Aysanem Yusupova 2024 yilda “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlangan.

O‘xshash yangiliklar

Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
2026 yil 23–24 oktyabr kunlari Toshkentda "Golden Globes Silk Road Tribute Gala" xalqaro marosimi birinchi marta o‘tkazildi. Tadbir Markaziy Osiyo va Kavkaz
MadaniyatBugun, 15:45
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova Toshkentda o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala” marosimida “Oltin globus” mukofoti bilan taqdirlandi. Bu
MadaniyatBugun, 11:57
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti, taniqli aktrisa Gulchehra Jamilova xalqaro miqyosda e’tirof etildi. U Toshkentda ilk bor o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala”
MadaniyatBugun, 11:54
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
Madaniyat15:42, 23-10-2026
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
Madaniyat15:42, 22-10-2026
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
Madaniyat13:49, 22-10-2026