ENRU

“Hayvonlar shaharchasi 2” rekorda yaqin daromad to‘pladi

Madaniyat
54
“Hayvonlar shaharchasi 2” rekorda yaqin daromad to‘pladi
“Hayvonlar shaharchasi 2” (“Zootopia 2”) animatsion filmi premera haftasida jahon bo‘ylab 556 million dollarga yaqin daromad to‘pladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu ko‘rsatkich bilan film bir nechta rekordlarni yangiladi va AQShdan tashqarida eng ko‘p daromad keltirgan animatsion kartinaga aylandi. Bu haqda Deadline nashri xabar berdi.

Hozirgi kunda “Hayvonlar shaharchasi 2” jahon bo‘ylab eng yaxshi start olgan filmlar orasida to‘rtinchi o‘rinni egallamoqda. Birinchi uch o‘rin esa Disney kompaniyasiga tegishli filmlarga mansub: “Qasoskorlar: Final” (1,2 milliard dollar), “Qasoskorlar: Cheksizlik jangi” (640,5 million dollar) va “O‘rgimchak odam: Uyga yo‘l yo‘q” (600,5 million dollar).

Filmning ikkinchi qismida bosh qahramonlar – Judi va Nik politsiyachilik faoliyatini davom ettiradi. Ular o‘zaro munosabatlarini mustahkamlash uchun juftlik terapiyasidan o‘tadi.

Ushbu terapiyada ularga kvokka Fazzbi ismli yangi qahramon yordam beradi. Shu jarayonda ular yangi vazifani bajarishga majbur bo‘ladi: zaharli ilon Garini to‘xtatib, hayvonlar megapolisini qutqarish.

Ma’lumot uchun, “Hayvonlar shaharchasi” filmi ilk bor 2016-yilda Walt Disney Animation Studios tomonidan yaratilgan. Film voqealari Zutopiya nomli zamonaviy shaharda kechadi.

Bu shahar turli hayvonlarning birgalikda tinch va uyg‘un hayot kechiradigan joyi sifatida tasvirlangan. Animatsion film o‘zining original g‘oyasi va qiziqarli voqealari bilan tomoshabinlar e’tiborini qozongan.

O‘xshash yangiliklar

Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
2026 yil 23–24 oktyabr kunlari Toshkentda "Golden Globes Silk Road Tribute Gala" xalqaro marosimi birinchi marta o‘tkazildi. Tadbir Markaziy Osiyo va Kavkaz
MadaniyatKecha, 15:45
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova Toshkentda o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala” marosimida “Oltin globus” mukofoti bilan taqdirlandi. Bu
MadaniyatKecha, 11:57
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti, taniqli aktrisa Gulchehra Jamilova xalqaro miqyosda e’tirof etildi. U Toshkentda ilk bor o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala”
MadaniyatKecha, 11:54
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
Madaniyat15:42, 23-10-2026
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
Madaniyat15:42, 22-10-2026
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
Madaniyat13:49, 22-10-2026