Bugun
Apple iPhone Duo ekranida nosozliklar aniqlandi
+12°
ясно ветер 1 м/с, ЮЗ
ENRU

Jeki Chan filmi O‘zbekistonda suratga olinishi mumkin

Madaniyat
69
Jeki Chan filmi O‘zbekistonda suratga olinishi mumkin
O‘zbekistonda Jeki Chan ishtirokidagi film suratga olinishi mumkinligi haqida ma’lumot berildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Xususan, kelajakda suratga olinishi rejalashtirilayotgan "Xudoning zirhlari: Ultimatum" filmi sahnalarining bir qismi O‘zbekiston hududida tasvirga tushirilishi ehtimoli mavjud. Bu haqda Qozog‘istonning Salem Entertainment media kompaniyasi xabar berdi.

Kompaniyaning ma’lum qilishicha, ular "O‘zbekfilm" kinokompaniyasi va O‘zbekiston Kinematografiya agentligi bilan samarali uchrashuv o‘tkazishgan. Uchrashuv davomida filmning ayrim qismlarini O‘zbekistonda suratga olish masalasi muhokama qilingan va bu borada umid bildirilgan.

Shuningdek, 2026 yil oktyabr oyida filmning asosiy qismlari Qozog‘iston hududida suratga olinishi rejalashtirilayotgani aytib o‘tildi. Salem Entertainment kompaniyasining qayd etishicha, bu loyiha Qozog‘iston kinematografiyasidagi eng yirik loyihalardan biri bo‘lishi kutilmoqda.

"Xudoning zirhlari" filmlar seriyasi Jeki Chan ishtirokidagi mashhur sarguzasht janriga oid asarlardan biri hisoblanadi. Ushbu seriyada Jeki Chan Osiyo Burguti laqabli artefakt ovchisining qiyofasida namoyon bo‘lib, qadimiy yodgorliklarni qidirish, hazil va akrobatik sahnalar bilan tomoshabinlarni o‘ziga jalb etadi.

Filmlar seriyasining birinchi qismi 1986 yilda taqdim etilgan bo‘lib, keyinchalik uning bir necha davomiy qismlari suratga olingan.

O‘xshash yangiliklar

Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
2026 yil 23–24 oktyabr kunlari Toshkentda "Golden Globes Silk Road Tribute Gala" xalqaro marosimi birinchi marta o‘tkazildi. Tadbir Markaziy Osiyo va Kavkaz
MadaniyatBugun, 15:45
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova Toshkentda o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala” marosimida “Oltin globus” mukofoti bilan taqdirlandi. Bu
MadaniyatBugun, 11:57
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti, taniqli aktrisa Gulchehra Jamilova xalqaro miqyosda e’tirof etildi. U Toshkentda ilk bor o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala”
MadaniyatBugun, 11:54
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
Madaniyat15:42, 23-10-2026
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
Madaniyat15:42, 22-10-2026
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
Madaniyat13:49, 22-10-2026