Bugun
SSKA o‘yinchisi Popov O‘zbekiston va Rossiya uchrashuvi haqida gapirdi
+19°
небольшая облачность ветер 3 м/с, СЗ
ENRU

Shohrux Xon va Kajol haykali Londonda o‘rnatildi

Madaniyat
88
Shohrux Xon va Kajol haykali Londonda o‘rnatildi
Bollivudning taniqli aktyorlari Shohrux Xon va Kajolning bronza haykali Londondagi “Leicester Square” maydonida o‘rnatildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haykal mashhur “O‘g‘irlanmagan kelin” filmining 30 yilligi munosabati bilan yaratilgan bo‘lib, unda Raj va Simranning kino tarixiga kirgan raqs sahnasi aks ettirilgan. Ma’lum qilinishicha, ushbu maydon ilgari ham bir qator mashhur filmlar qahramonlariga bag‘ishlangan haykallar bilan boyitilgan.

Jumladan, “Garri Potter”, “Meri Poppins” va “Paddington sarguzashtlari” kabi loyihalarning obrazlari ham bu yerda aks ettirilgan. Tantanali ochilish marosimida “Yash Raj Films” kompaniyasi rahbari Akshay Vidhani va “Heart of London Business Alliance” tashkiloti bosh ijrochi direktori Ros Morgan ishtirok etdi.

Shohrux Xon o‘z nutqida “O‘g‘irlanmagan kelin” filmi uning hayotida muhim o‘rin tutishini ta’kidladi. “Bu film samimiy muhabbat va uning yo‘lida uchraydigan sinovlar haqida hikoya qiladi.

30 yil davomida filmning sevilib tomosha qilinayotgani ham shundan dalolatdir”, — dedi aktyor. Kajol esa ushbu damni “tariximiz yana bir bor jonlandi” deb baholab, filmning avlodlar tomonidan sevib tomosha qilinayotganini qayd etdi.

Ma’lum bo‘lishicha, “Leicester Square” ushbu film uchun ham ramziy ahamiyat kasb etadi, chunki filmning dastlabki kadrlaridan birida Raj va Simran aynan shu joyda yo‘llarini yo‘qotib, keyin yana uchrashgan edi.

O‘xshash yangiliklar

Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
MadaniyatBugun, 15:42
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
MadaniyatKecha, 15:42
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
MadaniyatKecha, 13:49
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
Ikki marta "Oskar" mukofoti sovrindori, "O'tkir tig'lar" seriali va "Pianinochi" filmi aktyori Edrian Broudi O'zbekistonga tashrif buyurdi. Uning kelishi 21-22-oktabr
Madaniyat22:58, 21-10-2026
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Qozog'istonda giyohvand moddalar kontrabandasida gumonlanib qo'lga olingan rossiyalik reper Navai Bakirovga nisbatan ochilgan jinoyat ishi rasmiy ravishda tugatildi.
Madaniyat16:32, 21-10-2026
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda buyuk alloma Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan «Ibn Sino» xalqaro mukofotini ta’sis etish rejalashtirilmoqda. Bu qaror 19
Madaniyat21:46, 20-10-2026