ENRU

Obid Nasriddinov opasi uchun uy sovg‘a qildi

Madaniyat
38
Obid Nasriddinov opasi uchun uy sovg‘a qildi
Aktyor Obid Nasriddinov yaqinda opasi uchun uy sovg‘a qilganini ma’lum qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U bu haqda o‘z fikrlarini bildirib, bunday qarorga nima sabab bo‘lganini tushuntirdi: "Men hozir Samarqanddaman. Ilgari bu 12 sotix yerga o‘zim uchun uy qurib, oilam bilan yashashni niyat qilgandim.

Lekin hayot rejalarga har doim ham mos kelavermaydi. Opalarimdan birining uysizligi sabab, bu yerga noldan uy qurib, uni barcha qulayliklari bilan opamga taqdim etmoqchiman.

Uyda mebel va texnika to‘liq joylashtiriladi, hali ba’zi ishlar qolgan, ularni ham 15-20 kun ichida tugatib topshiraman. Bu gaplarni aytishimdan maqsad maqtanish emas.

Agar bunday ehtiyoj bo‘lmaganida, yanada xursand bo‘lardim. Hayotda ertaga nima bo‘lishini hech kim bilmaydi.

Shuni ta’kidlashni istardimki, hayotda faqat yer yoki mol-dunyo talashib, bir-biriga dushman bo‘lib qolgan opa-singillar yoki aka-ukalar emas, balki bir-birini jonidan ortiq ko‘radigan yaqinlar ham bor. Men ham qimmat mashinalar olib, hashamatli uylar qursam bo‘lardi, lekin jigarchilikni tanladim.

Bu orqali shuni aytmoqchimanki, mening ikki opam va bir akam bor. Ularni juda yaxshi ko‘raman va ular uchun qo‘limdan kelgan barcha narsani qilishga tayyorman.

Ularning sog‘-omon bo‘lishi men uchun eng katta baxt. Hayotda pul ham, obro‘ ham topiladi, lekin jigarlar, yaqinlar topilmaydi", — deydi aktyor.

O‘xshash yangiliklar

O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda buyuk alloma Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan «Ibn Sino» xalqaro mukofotini ta’sis etish rejalashtirilmoqda. Bu qaror 19
MadaniyatKecha, 21:46
Marko Rubio Samarqandda O‘zbekistonning boy madaniy merosi bilan tanishdi
Marko Rubio Samarqandda O‘zbekistonning boy madaniy merosi bilan tanishdi
Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Marko Rubioning O‘zbekistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifi doirasida Samarqand shahridagi Boqiy shahar tarixiy-etnografik majmuasida maxsus madaniy dastur
Madaniyat23:42, 19-10-2026
Istanbuldagi suv toshqinida qolgan mashhur san'atkorlar qutqarildi
Istanbuldagi suv toshqinida qolgan mashhur san'atkorlar qutqarildi
Turkiyaning Istanbul shahrida yuz bergan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida yuzaga kelgan suv toshqini mashhur san’atkorlar Murat Boz va Demet O‘zdemirning hayotini xavf ostida qoldirdi. Bu haqda
Madaniyat15:31, 15-10-2026
Nodirbek Abdusattorov Javohir Sindarovni dunyoning eng kuchli shaxmatchilari qatoriga qo'shdi
Nodirbek Abdusattorov Javohir Sindarovni dunyoning eng kuchli shaxmatchilari qatoriga qo'shdi
O‘zbekistonlik taniqli grossmeyster Nodirbek Abdusattorov o‘z hamkasbi va hamyurti Javohir Sindarovning shaxmatdagi ulkan salohiyatini yuqori baholab, uni dunyo shaxmati tarixidagi eng iste’dodli
Madaniyat23:34, 12-10-2026
Shohrux Xonning O‘zbekistonga tashrifi yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda
Shohrux Xonning O‘zbekistonga tashrifi yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda
Bollivud yulduzi Shohrux Xonning O‘zbekistonga tashrifi bilan bog‘liq xabarlar ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida keng muhokama qilinmoqda. Hind kinosi
Madaniyat23:58, 11-10-2026
Mashhur bloger MrBeast O‘zbekiston haqida maxsus rukn ochdi
Mashhur bloger MrBeast O‘zbekiston haqida maxsus rukn ochdi
Dunyoning eng mashhur videoblogeri va kontent yaratuvchisi MrBeast, ya’ni Jimmi Donaldson O‘zbekistonga qilgan tashrifi xotiralarini o‘zining Instagram sahifasida alohida bo‘limga joylashtirdi. Bu
Madaniyat23:42, 11-10-2026