Bugun
«Bornmut» evrope ligasida «Milan» bilan uchrashadi
+15°
небольшая облачность ветер 2 м/с, С
ENRU

Ruxshona ota-onasining ajrashuv sababi haqida so‘zladi

Madaniyat
31
Ruxshona ota-onasining ajrashuv sababi haqida so‘zladi
Xonanda Ruxshona yaqinda o‘zining oilasiga oid og‘riqli va murakkab voqeani oshkor qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U bu haqda ilk bor ochiq gapirarkan, ota-onasining ajrashuviga sabab bo‘lgan oilaviy sirni bayon etdi. Ushbu voqea Ruxshona tug‘ilganidan keyin ma’lum bo‘lgan.

Ruxshonaning so‘zlariga ko‘ra, otasi o‘sha davrda onasiga birinchi turmushidan uch nafar farzandi borligini tan olgan. Bu sir uzoq vaqt davomida yashirilgan, chunki otasining birinchi rafiqasi jiddiy kasallik – rak bilan og‘rigan edi.

Otasi onasiga: “Menda uchta farzandim bor, ularni katta qila olasanmi?” deb murojaat qilgan. Onasi esa bu mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga rozi bo‘lgan va bolalarni tarbiyalashga tayyorligini bildirgan.

Biroq hayot o‘z yo‘nalishini o‘zgartirgan. Allohning irodasi bilan birinchi rafiqasi sog‘ayib ketgan.

Bu esa oilada murakkab vaziyatni yuzaga keltirgan va ota-onasining munosabatlariga jiddiy ta’sir qilgan. Natijada ular ajrashishga majbur bo‘lgan.

Ruxshona bugungi kunda bu voqeani yodga olar ekan, o‘zining ikki akasi va bir opasi borligini ham ta’kidlab o‘tdi. Bu voqea uning hayotida chuqur iz qoldirgan bo‘lsa-da, u buni hayotiy haqiqat sifatida qabul qilgan.

O‘xshash yangiliklar

Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
MadaniyatBugun, 15:42
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
MadaniyatBugun, 13:49
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
Ikki marta "Oskar" mukofoti sovrindori, "O'tkir tig'lar" seriali va "Pianinochi" filmi aktyori Edrian Broudi O'zbekistonga tashrif buyurdi. Uning kelishi 21-22-oktabr
MadaniyatKecha, 22:58
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Qozog'istonda giyohvand moddalar kontrabandasida gumonlanib qo'lga olingan rossiyalik reper Navai Bakirovga nisbatan ochilgan jinoyat ishi rasmiy ravishda tugatildi.
MadaniyatKecha, 16:32
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda buyuk alloma Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan «Ibn Sino» xalqaro mukofotini ta’sis etish rejalashtirilmoqda. Bu qaror 19
Madaniyat21:46, 20-10-2026
Marko Rubio Samarqandda O‘zbekistonning boy madaniy merosi bilan tanishdi
Marko Rubio Samarqandda O‘zbekistonning boy madaniy merosi bilan tanishdi
Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Marko Rubioning O‘zbekistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifi doirasida Samarqand shahridagi Boqiy shahar tarixiy-etnografik majmuasida maxsus madaniy dastur
Madaniyat23:42, 19-10-2026