ENRU

“Hayvonlar shahri–3” ustida ishlar boshlandi

Madaniyat
119
“Hayvonlar shahri–3” ustida ishlar boshlandi
“Hayvonlar shahri–3” animatsion filmi ustida ishlar boshlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda “Hayvonlar shahri–2” multfilmini suratga olgan rejissyorlar Bayron Hovard va Jared Bush Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog‘ida muxlislar bilan o‘tkazilgan jonli muloqotda ma’lum qilishdi. Ular yangi qism ustidagi ishlar allaqachon boshlanganini ochiq aytib o‘tishdi.

Rejissyorlarning so‘zlariga ko‘ra, uchinchi qismning chiqishi ikkinchi film kabi to‘qqiz yil kechiktirilmaydi. Bayron Hovard bu borada shunday dedi: “Keyingi filmni ekranlarga chiqarish uchun bu qadar uzoq kutishni rejalashtirmayapmiz.

U ancha tezroq tayyor bo‘ladi, deb umid qilamiz.” Ushbu so‘zlar muxlislar orasida katta qiziqish va umid uyg‘otdi. Jared Bush esa hozirda jamoa turli syujet yo‘nalishlari ustida faol ishlayotganini aytib o‘tdi.

Uning ta’kidlashicha, syujetni shakllantirish odatda 2–3 yil vaqt olsa, to‘liq filmni yaratish jarayoni 4–5 yil davom etadi. Agar barcha rejalar o‘z vaqtida amalga oshsa, “Hayvonlar shahri–3” taxminan 2030-yilda namoyish etilishi mumkin.

Shuningdek, rejissyorlar yangi qismda qushlar paydo bo‘lishi ehtimolini ham istisno qilishmadi. Ularning fikricha, ikkinchi qism finalida ko‘zga tashlangan pat aynan shu g‘oyaga ishora qilishi mumkin.

Mushuk va itlarning nega bu olamda yo‘qligi haqidagi savollarga javob berar ekan, ular “Hayvonlar shahri”da odamlar kabi uy hayvonlari mavjud emasligini tushuntirishdi. Bundan tashqari, ayrim qahramonlarga bag‘ishlangan alohida loyihalar va eskizlar yaratilishi rejalashtirilayotganini ham ma’lum qilishdi.

Xususan, muxlislarning sevimlisi bo‘lgan yalqov Blits haqida alohida loyiha yaratish g‘oyasi ham mavjud. Rejissyorlar “Hayvonlar shahri” olamini faqat to‘liq metrajli filmlar bilan chegaralab bo‘lmasligini, uning imkoniyatlari keng ekanini ta’kidlashdi.

O‘xshash yangiliklar

Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
MadaniyatBugun, 15:42
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
MadaniyatKecha, 15:42
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
MadaniyatKecha, 13:49
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
Ikki marta "Oskar" mukofoti sovrindori, "O'tkir tig'lar" seriali va "Pianinochi" filmi aktyori Edrian Broudi O'zbekistonga tashrif buyurdi. Uning kelishi 21-22-oktabr
Madaniyat22:58, 21-10-2026
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Qozog'istonda giyohvand moddalar kontrabandasida gumonlanib qo'lga olingan rossiyalik reper Navai Bakirovga nisbatan ochilgan jinoyat ishi rasmiy ravishda tugatildi.
Madaniyat16:32, 21-10-2026
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda buyuk alloma Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan «Ibn Sino» xalqaro mukofotini ta’sis etish rejalashtirilmoqda. Bu qaror 19
Madaniyat21:46, 20-10-2026