ENRU

Makoley Kalkin: Mashhurlikdan oddiy hayotga yo‘l

Madaniyat
122
Makoley Kalkin: Mashhurlikdan oddiy hayotga yo‘l
Makoley Kalkin 1990-yillarning boshida “Uyda yolg‘iz” va uning davomiy filmlari orqali dunyoga mashhur bo‘lgan. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Biroq, aktyor keyinchalik kinodan butunlay uzoqlashishga qaror qildi. Hozirda 45 yoshda bo‘lgan Kalkinning aytishicha, u bolaligida shon-shuhratdan ko‘ra oddiy hayotni, do‘stlari bilan vaqt o‘tkazishni va erkin bolalikni tanlagan.

Kalkin Mythical Kitchen podkastida bolalikda suratga olish jarayonlari ko‘pchilik tasavvur qilganidek jamoaviy emasligini ta’kidladi. U aksar hollarda yolg‘iz ishlaganini va syomka vaqtida o‘zini doim yakkalangan his qilganini aytadi.

Hatto “Uyda yolg‘iz” filmini qayta tomosha qilganda, o‘zini kimsasiz orolda bo‘lgandek his qilganini hazilomuz tarzda eslatib o‘tgan. 1994-yilda suratga olingan “Boyvachcha Rich” filmining muvaffaqiyatidan so‘ng, Kalkin Gollivudni tark etishga qaror qiladi.

O‘sha davrda dunyodagi eng taniqli bola aktyorlardan biri bo‘lganiga qaramay, u oddiy hayotni, bolalikka xos tajribalarni va do‘stlar bilan uchrashuvlarni ko‘proq qadrlaganini aytadi. “O‘sha narsalarni o‘tkazib yuborganimni keyinroq angladim”, deydi aktyor.

Kalkin mashhurlikni “tish pastasini qayta idishga solib bo‘lmaydigan jarayon”ga o‘xshatadi. U hech qachon taniqli bo‘lishni maqsad qilmaganini va aktyorlik faoliyatiga tasodifan kirib kelganini qayd etadi.

Shu bilan birga, Kevin Makkalister obraziga qaytish imkoniyati haqida ham gapirib, yaxshi ssenariy bo‘lsa, bu taklifni qabul qilishi mumkinligini bildirgan. Hatto ehtimoliy davom filmida voyaga yetgan Kevin otalik muammolari bilan kurashishini tasavvur qilgan.

Bugungi kunda Makoley Kalkin o‘z e’tiborini oilasiga qaratgan. U aktrisa Brenda Song bilan ikki nafar o‘g‘ilni tarbiyalayotgan bo‘lib, kameralardan yiroq, xotirjam hayot kechirishni afzal ko‘radi.

O‘xshash yangiliklar

Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
MadaniyatBugun, 15:42
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
MadaniyatKecha, 15:42
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
MadaniyatKecha, 13:49
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
Ikki marta "Oskar" mukofoti sovrindori, "O'tkir tig'lar" seriali va "Pianinochi" filmi aktyori Edrian Broudi O'zbekistonga tashrif buyurdi. Uning kelishi 21-22-oktabr
Madaniyat22:58, 21-10-2026
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Qozog'istonda giyohvand moddalar kontrabandasida gumonlanib qo'lga olingan rossiyalik reper Navai Bakirovga nisbatan ochilgan jinoyat ishi rasmiy ravishda tugatildi.
Madaniyat16:32, 21-10-2026
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda buyuk alloma Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan «Ibn Sino» xalqaro mukofotini ta’sis etish rejalashtirilmoqda. Bu qaror 19
Madaniyat21:46, 20-10-2026