Bugun
Xitoy yigiti Myanmada firibgarlik tarmog'iga sotildi
+15°
небольшая облачность ветер 2 м/с, С
ENRU

Ozoda Nursaidova: "Ko‘k jiguli" hayotimdan ilhomlangan

Madaniyat
82
Ozoda Nursaidova:
Xonanda Ozoda Nursaidova so‘nggi yillarda yaratgan qo‘shiqlari bilan muxlislar e’tiborini qozonishda davom etmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Unga ayniqsa, "Ko‘k jiguli" va "Lada" qo‘shiqlari haqida ko‘p savollar beriladi. Yaqinda xonandaga ushbu ikki qo‘shiqdan qaysi biri ko‘proq omad olib kelgani haqida so‘rashdi.

Ozoda Nursaidova bu savolga ochiq va samimiy tarzda javob berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, "Ko‘k jiguli" qo‘shig‘i muxlislar orasida alohida qiziqish uyg‘otgan.

Qo‘shiqning yaratilish tarixi haqida so‘rashganida, xonanda qo‘shiq mazmuni o‘z hayotidan olinganini tan oldi. — "Ko‘k jiguli" qo‘shig‘idagi klip mening shaxsiy hayotimdan ilhomlangan.

Hayotimda sevgan yigitim bo‘lgan, uning ko‘k jigulisi bor edi. U meni kinolarga olib borardi.

Bu voqealar o‘tgan kunlarimning bir qismi, tarix. Men ushbu tarixni qo‘shiqlarim orqali ifodalaganman, — deydi xonanda.

Ozoda Nursaidovaning aytishicha, "Ko‘k jiguli" hikoyaning boshlanish nuqtasi bo‘lgan bo‘lsa, "Lada" qo‘shig‘i bu hikoyani mantiqan davom ettirgan va yakunlagan. — "Ko‘k jiguli" birinchi bo‘ldi, "Lada" esa uni to‘ldirib, hikoyani tugatdi.

Aslida, men "Lada" bilan ushbu tarixni yakunlamoqchi bo‘lganman, — deydi xonanda. Xonandaning bu samimiy izohlari muxlislarda katta qiziqish uyg‘otdi va mazkur qo‘shiqlarga bo‘lgan mehrni yanada oshirdi.

O‘xshash yangiliklar

«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
Ikki marta "Oskar" mukofoti sovrindori, "O'tkir tig'lar" seriali va "Pianinochi" filmi aktyori Edrian Broudi O'zbekistonga tashrif buyurdi. Uning kelishi 21-22-oktabr
MadaniyatKecha, 22:58
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Qozog'istonda giyohvand moddalar kontrabandasida gumonlanib qo'lga olingan rossiyalik reper Navai Bakirovga nisbatan ochilgan jinoyat ishi rasmiy ravishda tugatildi.
MadaniyatKecha, 16:32
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda buyuk alloma Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan «Ibn Sino» xalqaro mukofotini ta’sis etish rejalashtirilmoqda. Bu qaror 19
Madaniyat21:46, 20-10-2026
Marko Rubio Samarqandda O‘zbekistonning boy madaniy merosi bilan tanishdi
Marko Rubio Samarqandda O‘zbekistonning boy madaniy merosi bilan tanishdi
Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Marko Rubioning O‘zbekistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifi doirasida Samarqand shahridagi Boqiy shahar tarixiy-etnografik majmuasida maxsus madaniy dastur
Madaniyat23:42, 19-10-2026
Istanbuldagi suv toshqinida qolgan mashhur san'atkorlar qutqarildi
Istanbuldagi suv toshqinida qolgan mashhur san'atkorlar qutqarildi
Turkiyaning Istanbul shahrida yuz bergan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida yuzaga kelgan suv toshqini mashhur san’atkorlar Murat Boz va Demet O‘zdemirning hayotini xavf ostida qoldirdi. Bu haqda
Madaniyat15:31, 15-10-2026
Nodirbek Abdusattorov Javohir Sindarovni dunyoning eng kuchli shaxmatchilari qatoriga qo'shdi
Nodirbek Abdusattorov Javohir Sindarovni dunyoning eng kuchli shaxmatchilari qatoriga qo'shdi
O‘zbekistonlik taniqli grossmeyster Nodirbek Abdusattorov o‘z hamkasbi va hamyurti Javohir Sindarovning shaxmatdagi ulkan salohiyatini yuqori baholab, uni dunyo shaxmati tarixidagi eng iste’dodli
Madaniyat23:34, 12-10-2026