Bugun
Tramp Atlantika okeani nomini o'zgartirish taklifini rad etgan
+19°
небольшая облачность ветер 3 м/с, СЗ
ENRU

Hande Erchelning sog‘lig‘i haqida xavotirlar kuchaydi

Madaniyat
71
Hande Erchelning sog‘lig‘i haqida xavotirlar kuchaydi
Turkiyaning mashhur aktrisasi Hande Erchel so‘nggi paytlarda muxlislar orasida yana e’tibor markazida qoldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Aktrisa yaqinda Vogue jurnali uchun o‘tkazilgan fotosessiyada ishtirok etdi va o‘sha suratlarni ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida joylashtirdi. Biroq muxlislarning asosiy diqqat-e’tibori bu gal uning tashqi ko‘rinishiga qaratildi.

Ko‘pchilik Hande Erchelning juda ozib ketgani, rangi oqarib, xasta ko‘rinayotgani haqida xavotirli fikrlar bildirdi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida turli munosabatlar paydo bo‘ldi.

Ayrimlar aktrisaning sog‘lig‘i haqida tashvish bildirishib, u shifokor ko‘rigidan o‘tishi kerakligini ta’kidlashdi. Ba’zilari esa uning bu holatini anoreksiya bilan bog‘lashga urinishdi.

“Bu suratlarda Hande o‘ziga umuman o‘xshamaydi”, degan izohlar ham uchradi. Shunga qaramay, Hande Erchel bu borada hech qanday izoh bermadi va muxlislarining xavotiriga javob qaytarmadi.

Aktrisaning sog‘lig‘i haqida turli shubhalar tug‘ilgan bo‘lsa-da, uning opasi Gamze Erchel bu xabarlarni rad etdi. U yaqinda bergan intervyusida Hande o‘zini yaxshi his qilayotganini, ular yaqinda birga ta’til o‘tkazganlarini va oila davrasida vaqtni maroqli o‘tkazganlarini aytdi.

Ma’lumot uchun, Hande Erchel 1993 yil 24 noyabrda Turkiyaning Balikesir viloyati, Bandirma shahrida tug‘ilgan. U oilada ikki farzandning kichigi bo‘lib, opasi Gamze Erchel ham aktrisa va model sifatida tanilgan.

Hande o‘z faoliyati davomida “Qalbim eshigini qoq”, “Halqa”, “Azize” kabi seriallarda ishtirok etib, katta shuhrat qozongan. So‘nggi yillarda esa u moda olami va ijtimoiy tarmoqlarda ham katta auditoriyaga ega bo‘lgan.

O‘xshash yangiliklar

Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
MadaniyatBugun, 15:42
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
MadaniyatKecha, 15:42
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
MadaniyatKecha, 13:49
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
Ikki marta "Oskar" mukofoti sovrindori, "O'tkir tig'lar" seriali va "Pianinochi" filmi aktyori Edrian Broudi O'zbekistonga tashrif buyurdi. Uning kelishi 21-22-oktabr
Madaniyat22:58, 21-10-2026
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Qozog'istonda giyohvand moddalar kontrabandasida gumonlanib qo'lga olingan rossiyalik reper Navai Bakirovga nisbatan ochilgan jinoyat ishi rasmiy ravishda tugatildi.
Madaniyat16:32, 21-10-2026
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda buyuk alloma Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan «Ibn Sino» xalqaro mukofotini ta’sis etish rejalashtirilmoqda. Bu qaror 19
Madaniyat21:46, 20-10-2026