Bugun
SSKA o‘yinchisi Popov O‘zbekiston va Rossiya uchrashuvi haqida gapirdi
+19°
небольшая облачность ветер 3 м/с, СЗ
ENRU

Beyonse milliarder musiqachilar qatoriga qo‘shildi

Madaniyat
69
Beyonse milliarder musiqachilar qatoriga qo‘shildi
Amerikalik mashhur qo‘shiqchi Beyonse Noulz-Karter boyligi 1 milliard dollardan oshgan beshinchi musiqachi sifatida tarixga kirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda “Forbes” nashri xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2023 yilda Beyonse o‘zining “Renaissance” albomini qo‘llab-quvvatlash uchun o‘tkazgan xalqaro gastrol safari 600 million dollarga yaqin daromad keltirgan.

2025 yilda esa kantri yo‘nalishidagi “Cowboy Carter” albomi bilan tashkil etilgan navbatdagi tur chiptalar savdosidan 400 million dollardan ortiq, konsertlarda sotilgan suvenir mahsulotlar orqali yana 50 million dollar foyda olgan. Bundan tashqari, Beyonse o‘zining “Cécred” soch parvarishi brendi, “SirDavis” viskisi va 2024 yilda faoliyatini to‘xtatgan “Ivy Park” kiyimlar liniyasidan ham daromad topadi.

Shunga qaramay, uning moliyaviy muvaffaqiyatining asosiy manbai musiqiy faoliyatiga bog‘liq. Gastrollar, albomlar va sahnadagi faoliyati uning boyligining katta qismini tashkil qiladi.

Milliarder san’atkorlar orasida Beyonsening turmush o‘rtog‘i reper Jay-Z, shuningdek, Teylor Svift, Rianna va Bryus Springstin ham bor. Umuman olganda, “Forbes” nashrining milliarderlar ro‘yxatida ko‘ngilochar soha vakili bo‘lgan 22 nafar san’atkor qayd etilgan.

O‘xshash yangiliklar

Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
MadaniyatBugun, 15:42
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
MadaniyatKecha, 15:42
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
MadaniyatKecha, 13:49
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
Ikki marta "Oskar" mukofoti sovrindori, "O'tkir tig'lar" seriali va "Pianinochi" filmi aktyori Edrian Broudi O'zbekistonga tashrif buyurdi. Uning kelishi 21-22-oktabr
Madaniyat22:58, 21-10-2026
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Qozog'istonda giyohvand moddalar kontrabandasida gumonlanib qo'lga olingan rossiyalik reper Navai Bakirovga nisbatan ochilgan jinoyat ishi rasmiy ravishda tugatildi.
Madaniyat16:32, 21-10-2026
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda buyuk alloma Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan «Ibn Sino» xalqaro mukofotini ta’sis etish rejalashtirilmoqda. Bu qaror 19
Madaniyat21:46, 20-10-2026