Bugun
SSKA o‘yinchisi Popov O‘zbekiston va Rossiya uchrashuvi haqida gapirdi
+19°
небольшая облачность ветер 3 м/с, СЗ
ENRU

Saida Mirziyoyeva: “Men, avvalo, xizmatchiman”

Madaniyat
41
Saida Mirziyoyeva: “Men, avvalo, xizmatchiman”
Saida Mirziyoyeva Prezident Administratsiyasi rahbari sifatida jurnalist va bloger Kirill Altmanga katta intervyu berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Suhbat davomida u o‘zining kasbiy faoliyati, Prezident bilan ishlash tajribasi va shaxsiy qarashlari haqida ochiq fikr bildirdi. Jurnalistning “Siz aslida kimsiz, Saida Shavkatovna?” degan savoliga u qisqa va aniq javob berdi: — Men xizmatchiman.

Men, birinchi navbatda, otamga xizmat qilaman, chunki u mening hayotimdagi eng ulug‘ inson. Intervyuda Saida Mirziyoyeva 9 yildan beri Prezident Administratsiyasida ishlab kelayotganini ta’kidladi.

U shaxsiy hayotining deyarli yo‘qligini, faoliyatini aynan shu tizimda boshlab, shu yerda yakunlashni rejalashtirayotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ish uning hayotining asosiy qismiga aylangan.

Suhbat davomida Prezidentning boshqaruv uslubi haqida ham so‘z bordi. “Prezident qattiqqo‘l insonmi?” degan savolga u quyidagicha javob berdi: — Oxirgi 9 yil ichida amalga oshirilgan islohotlarga qarang.

Bunday natijalarga faqat qattiqqo‘llik bilan erishib bo‘lmaydi. Buning uchun moslashuvchanlik va donolik kerak, deb o‘ylayman.

Saida Mirziyoyevaning fikricha, Shavkat Mirziyoyev olib borayotgan islohotlar muloqot, tushunish va muvozanatli qarorlar asosida amalga oshirilmoqda. Mazkur intervyu ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Ko‘plab foydalanuvchilar suhbatni samimiy va ochiq deb baholamoqda.

O‘xshash yangiliklar

Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
MadaniyatBugun, 15:42
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
MadaniyatKecha, 15:42
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
MadaniyatKecha, 13:49
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
Ikki marta "Oskar" mukofoti sovrindori, "O'tkir tig'lar" seriali va "Pianinochi" filmi aktyori Edrian Broudi O'zbekistonga tashrif buyurdi. Uning kelishi 21-22-oktabr
Madaniyat22:58, 21-10-2026
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Qozog'istonda giyohvand moddalar kontrabandasida gumonlanib qo'lga olingan rossiyalik reper Navai Bakirovga nisbatan ochilgan jinoyat ishi rasmiy ravishda tugatildi.
Madaniyat16:32, 21-10-2026
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda buyuk alloma Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan «Ibn Sino» xalqaro mukofotini ta’sis etish rejalashtirilmoqda. Bu qaror 19
Madaniyat21:46, 20-10-2026