ENRU

“Zveropolis 2” Disney tarixida rekord o‘rnatdi

Madaniyat
69
“Zveropolis 2” Disney tarixida rekord o‘rnatdi
Disney studiyasi tomonidan suratga olingan “Zveropolis 2” animatsion filmi kinoteatrlarda katta muvaffaqiyatga erishib, millionlab daromad yig‘ishda davom etmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Filmning umumjahon kassa daromadi 1,588 milliard AQSh dollariga yetdi va yaqin kunlarda bu ko‘rsatkich 1,6 milliard dollardan oshishi kutilmoqda. Bu natija bilan “Zveropolis 2” Disney tarixidagi eng ko‘p daromad keltirgan animatsion loyiha sifatida qayd etildi.

Film ayniqsa Xitoy bozorida katta muvaffaqiyatga erishdi. Xitoyda ushbu kartina 600 million dollardan ortiq daromad yig‘ib, mamlakatdagi eng muvaffaqiyatli Gollivud loyihasiga aylandi.

Hozircha unga raqobat qilishi mumkin bo‘lgan yagona film “Avatar: Alanga va kul” bo‘lib, u Xitoyda 100 million dollardan ziyod daromad to‘play olgan. Shuningdek, “Zveropolis 2” PG reytingiga ega filmlar orasida 1 milliard dollarlik daromad chegarasini eng tez bosib o‘tgan loyiha bo‘ldi.

Ushbu natijaga film premyerasidan atigi 17 kun ichida erishildi. 2025 yilda “Zveropolis 2” jahon prokatida 1 milliard dollardan oshgan uchta film qatoriga kirdi.

Bu ro‘yxatda “Lilo va Stich” remeyki (1,03 milliard dollar) hamda yilning jahon bozoridagi yetakchisi bo‘lgan xitoy filmi “Nechja” (2,2 milliard dollar) ham bor.

O‘xshash yangiliklar

Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
MadaniyatKecha, 15:42
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
MadaniyatKecha, 13:49
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
Ikki marta "Oskar" mukofoti sovrindori, "O'tkir tig'lar" seriali va "Pianinochi" filmi aktyori Edrian Broudi O'zbekistonga tashrif buyurdi. Uning kelishi 21-22-oktabr
Madaniyat22:58, 21-10-2026
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Qozog'istonda giyohvand moddalar kontrabandasida gumonlanib qo'lga olingan rossiyalik reper Navai Bakirovga nisbatan ochilgan jinoyat ishi rasmiy ravishda tugatildi.
Madaniyat16:32, 21-10-2026
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda buyuk alloma Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan «Ibn Sino» xalqaro mukofotini ta’sis etish rejalashtirilmoqda. Bu qaror 19
Madaniyat21:46, 20-10-2026
Marko Rubio Samarqandda O‘zbekistonning boy madaniy merosi bilan tanishdi
Marko Rubio Samarqandda O‘zbekistonning boy madaniy merosi bilan tanishdi
Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Marko Rubioning O‘zbekistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifi doirasida Samarqand shahridagi Boqiy shahar tarixiy-etnografik majmuasida maxsus madaniy dastur
Madaniyat23:42, 19-10-2026