Bugun
SSKA o‘yinchisi Popov O‘zbekiston va Rossiya uchrashuvi haqida gapirdi
+19°
небольшая облачность ветер 3 м/с, СЗ
ENRU

Shahlo Zoirova: "Pul men uchun oxirgi o‘rinda"

Madaniyat
35
Shahlo Zoirova:
Taniqli aktrisa va iste’dodli ijodkor Shahlo Zoirova yaqin kunlarda o‘zining pul hamda hayotiy qadriyatlar haqidagi samimiy fikrlari bilan muxlislar e’tiborini tortdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, uning hayotida moddiy boylik hech qachon birinchi o‘ringa chiqmagan. "Men uchun pul eng oxirgi o‘rinda turadi", — deydi Shahlo Zoirova.

U hayotning asosiy ne’matlari sifatida sog‘lik, tinchlik va hotirjamlikni ajratib ko‘rsatdi. Aktrisaga ko‘ra, aynan shu omillar insonni baxtli va bardavom qiladi.

Shahlo Zoirova o‘z so‘zlarida turmush o‘rtog‘iga bo‘lgan chuqur minnatdorligini ham izhor etdi. Ularning birga hayot kechirayotganiga 13 yil bo‘lganini ta’kidlagan aktrisa, bu davr mobaynida turmush o‘rtog‘i uni har qanday vaziyatda qo‘llab-quvvatlab kelganini alohida qayd etdi.

"Qaysi holatda bo‘lmay, ular doim yonimda bo‘lib, ‘sen qilayotgan ishing to‘g‘ri, sen kuchli ayolsan’ deb dalda berishgan. Buning uchun ularga mingdan-ming rahmat", — deydi Shahlo Zoirova.

Aktrisa bugungi kunda erishgan barcha yutuqlarini oiladagi o‘zaro tushunish, tayanch va qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘laydi. "Ollohga shukr, xo‘jayinimning ishonchi va yordami bilan bugungi darajaga yetib keldim", — deya so‘zlarini yakunladi Shahlo Zoirova.

O‘xshash yangiliklar

Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
MadaniyatBugun, 15:42
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
MadaniyatKecha, 15:42
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
MadaniyatKecha, 13:49
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
Ikki marta "Oskar" mukofoti sovrindori, "O'tkir tig'lar" seriali va "Pianinochi" filmi aktyori Edrian Broudi O'zbekistonga tashrif buyurdi. Uning kelishi 21-22-oktabr
Madaniyat22:58, 21-10-2026
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Qozog'istonda giyohvand moddalar kontrabandasida gumonlanib qo'lga olingan rossiyalik reper Navai Bakirovga nisbatan ochilgan jinoyat ishi rasmiy ravishda tugatildi.
Madaniyat16:32, 21-10-2026
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda buyuk alloma Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan «Ibn Sino» xalqaro mukofotini ta’sis etish rejalashtirilmoqda. Bu qaror 19
Madaniyat21:46, 20-10-2026