Bugun
Apple iPhone Duo ekranida nosozliklar aniqlandi
+18°
ясно ветер 2 м/с, З
ENRU

Ronaldu faoliyatini tugatgach, hashamatli qasrga ko‘chadi

Madaniyat
21
Ronaldu faoliyatini tugatgach, hashamatli qasrga ko‘chadi
Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu futbolchilik faoliyatini yakunlagach, o‘z vatanida joylashgan, qiymati 30 million funt sterlingga teng hashamatli qasrga ko‘chib o‘tishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda “Daily Express” nashri xabar berdi. Mazkur qasr Portugaliyaning Lissabon shahridan 48 kilometr uzoqlikda, qirg‘oqbo‘yi hududda qurilgan bo‘lib, mamlakatdagi eng katta va eng qimmat uylar qatoridan joy olgan.

Sakkizta yotoqxona va boshqa zamonaviy sharoitlarga ega bo‘lgan bu qasrning qurilishi uch yil davom etgan. Ma’lum qilinishicha, Ronaldu futbolchilik faoliyatini tugatgach, aynan shu uyga ko‘chib o‘tishi kutilmoqda.

Qasrning eng qiziqarli jihatlaridan biri — yerosti avtoturargohi. Bu joy Ronalduning 13,8 million yevro qiymatidagi avtomobillar kolleksiyasini saqlash uchun maxsus moslashtirilgan.

Uy nafaqat yashash uchun, balki futbolchining qimmatbaho avtoparki uchun ham qulayliklarga ega. Hashamatli qasrda shisha basseyn, suv osti yo‘lagi, aqlli isitish tizimi, sport zali, yopiq va ochiq basseynlar, massaj xonasi, shaxsiy kinoteatr kabi zamonaviy qulayliklar mavjud.

Mehmonlar suv ostidan yuqorida suzayotganlarni kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Qasrning ichki bezaklari ham alohida e’tiborga loyiq.

Uyning ayrim qismlarida sof oltindan yasalgan jo‘mraklar, italyan marmarlari va maxsus Louis Vuitton devoriy rasmlari ishlatilgan. Ronaldu bu qasr yaqinida golf maydonchasi sotib olishga harakat qilgan, ammo uning taklifi rad etilgan.

O‘xshash yangiliklar

Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
2026 yil 23–24 oktyabr kunlari Toshkentda "Golden Globes Silk Road Tribute Gala" xalqaro marosimi birinchi marta o‘tkazildi. Tadbir Markaziy Osiyo va Kavkaz
MadaniyatBugun, 15:45
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova Toshkentda o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala” marosimida “Oltin globus” mukofoti bilan taqdirlandi. Bu
MadaniyatBugun, 11:57
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti, taniqli aktrisa Gulchehra Jamilova xalqaro miqyosda e’tirof etildi. U Toshkentda ilk bor o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala”
MadaniyatBugun, 11:54
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
Madaniyat15:42, 23-10-2026
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
Madaniyat15:42, 22-10-2026
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
Madaniyat13:49, 22-10-2026