ENRU

Beyonse milliarderlar ro‘yxatida beshinchi o‘ringa chiqdi

Madaniyat
32
Beyonse milliarderlar ro‘yxatida beshinchi o‘ringa chiqdi
Amerikalik mashhur xonanda va prodyuser Beyonsening umumiy boyligi 1 milliard dollarga yetdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U nafaqat musiqa sohasida, balki biznes loyihalari orqali ham katta moliyaviy muvaffaqiyatga erishib, dunyoning eng boy san’atkorlari qatoridan joy oldi. “Forbes” nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Beyonsening ko‘chmas mulk aktivlari va investitsiyalari uning moliyaviy holatini mustahkamlashda katta ahamiyat kasb etgan.

U hozirda dunyodagi musiqiy milliarderlar ro‘yxatida beshinchi o‘rinni egallaydi. Ro‘yxatda undan yuqori o‘rinlarda Jay-Z, Teylor Svift, Rianna va Bryus Springstin kabi mashhurlar joylashgan bo‘lib, ularning boyligi 1,1 milliarddan 2,5 milliard dollargacha baholanmoqda.

Mutaxassislarning fikricha, Beyonsening bu darajaga yetishida ijodi va shaxsiy brendlari katta rol o‘ynagan. 2023 yilda o‘tkazilgan “The Renaissance” konsert turnesi uning moliyaviy o‘sishida muhim ahamiyat kasb etgan.

Ushbu gastrollar qariyb 600 million dollar daromad keltirib, xonandaning eng muvaffaqiyatli turnesi sifatida qayd etilgan. Shuningdek, Cowboy Carter albomi doirasida tashkil etilgan konsertlar ham yuqori daromad ko‘rsatgan.

Beyonsening daromadlari faqat musiqadan iborat emas. 2024 yilda ishga tushirilgan Cecred soch parvarishi brendi qisqa vaqt ichida bozorda muvaffaqiyatga erishgan.

Bundan tashqari, Beyonse premium segmentdagi viski brendiga ham egalik qiladi. Shu bilan birga, u ilgari Ivy Park kiyim-kechak brendini boshqargan, biroq 2024 yilda ushbu brend faoliyatini to‘xtatgan.

O‘xshash yangiliklar

Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
2026 yil 23–24 oktyabr kunlari Toshkentda "Golden Globes Silk Road Tribute Gala" xalqaro marosimi birinchi marta o‘tkazildi. Tadbir Markaziy Osiyo va Kavkaz
MadaniyatKecha, 15:45
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova Toshkentda o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala” marosimida “Oltin globus” mukofoti bilan taqdirlandi. Bu
MadaniyatKecha, 11:57
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti, taniqli aktrisa Gulchehra Jamilova xalqaro miqyosda e’tirof etildi. U Toshkentda ilk bor o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala”
MadaniyatKecha, 11:54
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
Madaniyat15:42, 23-10-2026
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
Madaniyat15:42, 22-10-2026
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
Madaniyat13:49, 22-10-2026