Bugun
Apple iPhone Duo ekranida nosozliklar aniqlandi
+18°
ясно ветер 2 м/с, З
ENRU

Aktrisa Aysanem Yusupova 29 yoshga to‘ldi

Madaniyat
92
Aktrisa Aysanem Yusupova 29 yoshga to‘ldi
Aktrisa Aysanem Yusupova 2-yanvar kuni 29 yoshga to‘lganini nishonladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U kliplardagi rollari va “O‘zbek qizi” filmi orqali keng ommaga tanilgan bo‘lib, asli Qoraqalpog‘istondan chiqib, san’at sohasida o‘z o‘rnini topgan. Aysanemning so‘zlariga ko‘ra, san’atga qiziqishi avval qo‘shiqchilik orqali boshlangan.

Bu yo‘lda uning onasi katta turtki bergan, orzusi va qo‘llab-quvvatlashi bilan uni san’atga yetaklagan. Keyinchalik Aysanem Toshkentga kelib, san’at oliygohiga hujjat topshirgan va ikkinchi urinishda muvaffaqiyatli imtihonlardan o‘tib, aktrisalik yo‘lini tanlagan.

Uning kinodagi faoliyatida ustoz Jo‘ra Mahmudovning hissasi katta bo‘lgan. Mahmudov birinchi kursdayoq uni kastinglarda qo‘llab-quvvatlab, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatgan.

Aysanemning ilk yirik loyihalaridan biri rejissyor Hilol Nasimovning “Hayot” filmi bo‘lgan. Aktrisa o‘zining eng katta sinovlaridan biri sifatida “O‘zbek qizi” filmini alohida ta’kidlaydi.

Ushbu filmda ishlash jarayoni jismoniy va ruhiy jihatdan og‘ir kechgan. Tayyorlanish, ko‘p dubllar va hatto jarohatlar ham bo‘lgan.

Shunga qaramay, bu loyiha uning ijodida muhim bosqich bo‘lib, san’atda yangi marralarga erishishiga zamin yaratgan. Aysanemning aytishicha, u aktrisalik faoliyatidan asosiy maqsadi sifatida xalqqa foydali, esda qoladigan va mazmunli ijodiy ishlar qoldirishni ko‘zlaydi.

O‘xshash yangiliklar

Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
2026 yil 23–24 oktyabr kunlari Toshkentda "Golden Globes Silk Road Tribute Gala" xalqaro marosimi birinchi marta o‘tkazildi. Tadbir Markaziy Osiyo va Kavkaz
MadaniyatBugun, 15:45
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova Toshkentda o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala” marosimida “Oltin globus” mukofoti bilan taqdirlandi. Bu
MadaniyatBugun, 11:57
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti, taniqli aktrisa Gulchehra Jamilova xalqaro miqyosda e’tirof etildi. U Toshkentda ilk bor o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala”
MadaniyatBugun, 11:54
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
Madaniyat15:42, 23-10-2026
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
Madaniyat15:42, 22-10-2026
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
Madaniyat13:49, 22-10-2026