Bugun
«Lugano» Yevropa Konferensiyalar ligasida «Xetafe»ni 5:2 hisobida yutdi
+19°
небольшая облачность ветер 3 м/с, СЗ
ENRU

Zarina Yuldasheva: “Bu suratda men emasman”

Madaniyat
131
Zarina Yuldasheva: “Bu suratda men emasman”
Aktrisa Zarina Yuldasheva yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ochiq kiyimdagi surati yuzasidan izoh berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur surat sun’iy intellekt texnologiyasi yordamida yaratilgan bo‘lib, u bilan hech qanday aloqasi yo‘q. “Hurmatli kuzatuvchilar, iltimos, vaziyatni to‘g‘ri baholang.

Bu suratda men emasman. Hozirgi kunda sun’iy intellekt yordamida turli dasturlar orqali shunday montajlar qilish mumkin.

Rasmlarga yoki videolarga har qanday insonning yuzini qo‘yib, uni asl shaxsdek ko‘rsatish oson. Shuning uchun bunday yolg‘on xabarlarga ishonmanglar,” — dedi aktrisa.

Shuningdek, Zarina Yuldasheva texnologiyaning rivojlanishi sababli bunday holatlar ko‘proq uchrayotganini ta’kidladi. “Bu kabi montajlar tufayli asossiz muhokamalar paydo bo‘lmoqda.

Ba’zi odamlar hatto ‘Zarina bitta shunday kiyimni kiymagan edi’ deb gap tarqatishgan. Biz rivojlangan zamonda yashayapmiz, bunday noto‘g‘ri ma’lumotlarga ishonish va tarqatishdan ehtiyot bo‘lish zarur,” — deya qo‘shimcha qildi u.

Aktrisa, shuningdek, yolg‘on xabarlar tarqatayotganlarga nisbatan hushyor bo‘lishni va bunday axborotlarni tarqatmaslikni so‘radi.

O‘xshash yangiliklar

Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
MadaniyatBugun, 15:42
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
MadaniyatKecha, 15:42
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
MadaniyatKecha, 13:49
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
Ikki marta "Oskar" mukofoti sovrindori, "O'tkir tig'lar" seriali va "Pianinochi" filmi aktyori Edrian Broudi O'zbekistonga tashrif buyurdi. Uning kelishi 21-22-oktabr
Madaniyat22:58, 21-10-2026
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Qozog'istonda giyohvand moddalar kontrabandasida gumonlanib qo'lga olingan rossiyalik reper Navai Bakirovga nisbatan ochilgan jinoyat ishi rasmiy ravishda tugatildi.
Madaniyat16:32, 21-10-2026
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda buyuk alloma Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan «Ibn Sino» xalqaro mukofotini ta’sis etish rejalashtirilmoqda. Bu qaror 19
Madaniyat21:46, 20-10-2026