ENRU

Saida Rametova ayollarning erta qarish sabablari haqida gapirdi

Madaniyat
39
Saida Rametova ayollarning erta qarish sabablari haqida gapirdi
Aktrisa Saida Rametova ayollarning erta qarishiga sabab bo‘ladigan omillar haqida o‘z fikrlarini ijtimoiy tarmoqlarda izhor etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayollarning qarishiga asosan tuhmat, nohaqlik, moddiy yetishmovchilik va g‘am-anduhlar sabab bo‘ladi. Saida Rametova quyidagicha fikr bildirdi: "Tuhmat insonni tez qaritadi, nohaqlik esa qalbga og‘ir tushadi va organizmga ta’sir qiladi.

Moddiy yetishmovchilik va orzularning amalga oshmasligi ham ayol kishining ruhiy holatiga salbiy ta’sir qiladi. Agar ayol hayotda o‘zi istagan turmush tarzini yaratolmasa yoki hayotdagi qiyinchiliklar uni qiynab qo‘ysa, bu holatlar ayolni tez qaritadi, deb o‘ylayman." Shuningdek, aktrisa ayollarga baxtli va sog‘lom hayot tilab, shunday dedi: "Xohlayman, ayollarimiz hech qachon bevaqt qarimasin, sochlariga erta oq tushmasin, qalblari og‘rimasin.

Ularning qalbi mehrga to‘la, hayoti esa oila a’zolari, sevimli kasbi va turmush o‘rtog‘i bilan farovon bo‘lsin. Turmush o‘rtog‘i yonida bo‘lgan ayol o‘zini yanada baxtiyor his qiladi." Saida Rametova ushbu so‘zlarni aytayotganida ko‘z yoshlarini yashira olmadi.

U o‘z tilaklari orqali ayollarning baxtli, sog‘lom va tinch hayot kechirishini chin dildan istashini bildirdi.

O‘xshash yangiliklar

Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
2026 yil 23–24 oktyabr kunlari Toshkentda "Golden Globes Silk Road Tribute Gala" xalqaro marosimi birinchi marta o‘tkazildi. Tadbir Markaziy Osiyo va Kavkaz
MadaniyatKecha, 15:45
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova Toshkentda o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala” marosimida “Oltin globus” mukofoti bilan taqdirlandi. Bu
MadaniyatKecha, 11:57
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti, taniqli aktrisa Gulchehra Jamilova xalqaro miqyosda e’tirof etildi. U Toshkentda ilk bor o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala”
MadaniyatKecha, 11:54
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
Madaniyat15:42, 23-10-2026
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
Madaniyat15:42, 22-10-2026
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
Madaniyat13:49, 22-10-2026