ENRU

“Oltin globus” g‘oliblari e’lon qilindi: asosiy natijalar

Madaniyat
67
“Oltin globus” g‘oliblari e’lon qilindi: asosiy natijalar
Los-Anjeles shahrida “Oltin globus” mukofotining 83-marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Unda Pol Tomas Anderson tomonidan suratga olingan “Jang ortidan jang” filmi kechaning eng yirik g‘olibi bo‘ldi. Ushbu tragikomediya “Eng yaxshi komediya yoki myuzikl”, “Eng yaxshi rejissura”, “Eng yaxshi ssenariy” va “Ikkinchi plandagi eng yaxshi ayol roli” nominatsiyalarida sovrinlarga sazovor bo‘ldi.

Ikkinchi plandagi eng yaxshi ayol roli uchun mukofot Tiyana Teylorga topshirildi. “Eng yaxshi drama” nominatsiyasida esa Xloi Chjao rejissyorligidagi “Gamnet” filmi g‘olib bo‘ldi.

Ushbu film Meggi O’Farrell romaniga asoslanib suratga olingan bo‘lib, Uilyam Shekspirning yoshlik davriga bag‘ishlangan. Filmning bosh qahramoni Jessi Bakli dramatik filmda “Eng yaxshi ayol roli” uchun “Oltin globus” mukofotini qo‘lga kiritdi.

Xorijiy filmlar orasida braziliyalik rejissyor Kleber Mendonsa Filyo tomonidan suratga olingan “Maxfiy agent” trilleri “Eng yaxshi xorijiy film” deb topildi. Ushbu filmda bosh rolni ijro etgan Vagner Moura esa drama janrida “Eng yaxshi erkak roli” uchun mukofotga loyiq ko‘rildi.

Komediya yoki myuzikl janridagi “Eng yaxshi erkak roli” Timoti Shalamega nasib etdi. U “Marti Ajoyib” filmidagi ijrosi bilan ilk bor “Oltin globus” mukofotini qo‘lga kiritdi.

Eng yaxshi dramatik serial “Pitt shifoxonasi” deya e’tirof etildi. Ushbu serialda o‘ynagan Noa Uayli “Eng yaxshi erkak roli” uchun taqdirlandi.

Komediyaviy seriallar orasida esa “Kinostudiya” eng yaxshisi deb topildi. Rouz Birn komediya yoki myuzikl yo‘nalishida “Eng yaxshi aktrisa” sovrinini qo‘lga kiritdi.

Jin Smart esa “Hiylalar” serialidagi roli uchun alohida mukofot oldi. Mini-seriallar toifasida “O‘tish yoshi” eng yaxshi deb topildi.

Ikkinchi plandagi eng yaxshi erkak roli uchun 16 yoshli Ouen Kuper g‘olib chiqib, ushbu yo‘nalishda eng yosh laureatga aylandi. Mini-serialdagi eng yaxshi aktyorlik uchun Stiven Grem va Erin Doerti ham mukofotlarga loyiq topildi.

O‘xshash yangiliklar

Istanbuldagi suv toshqinida qolgan mashhur san'atkorlar qutqarildi
Istanbuldagi suv toshqinida qolgan mashhur san'atkorlar qutqarildi
Turkiyaning Istanbul shahrida yuz bergan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida yuzaga kelgan suv toshqini mashhur san’atkorlar Murat Boz va Demet O‘zdemirning hayotini xavf ostida qoldirdi. Bu haqda
MadaniyatBugun, 15:31
Nodirbek Abdusattorov Javohir Sindarovni dunyoning eng kuchli shaxmatchilari qatoriga qo'shdi
Nodirbek Abdusattorov Javohir Sindarovni dunyoning eng kuchli shaxmatchilari qatoriga qo'shdi
O‘zbekistonlik taniqli grossmeyster Nodirbek Abdusattorov o‘z hamkasbi va hamyurti Javohir Sindarovning shaxmatdagi ulkan salohiyatini yuqori baholab, uni dunyo shaxmati tarixidagi eng iste’dodli
Madaniyat23:34, 12-10-2026
Shohrux Xonning O‘zbekistonga tashrifi yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda
Shohrux Xonning O‘zbekistonga tashrifi yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda
Bollivud yulduzi Shohrux Xonning O‘zbekistonga tashrifi bilan bog‘liq xabarlar ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida keng muhokama qilinmoqda. Hind kinosi
Madaniyat23:58, 11-10-2026
Mashhur bloger MrBeast O‘zbekiston haqida maxsus rukn ochdi
Mashhur bloger MrBeast O‘zbekiston haqida maxsus rukn ochdi
Dunyoning eng mashhur videoblogeri va kontent yaratuvchisi MrBeast, ya’ni Jimmi Donaldson O‘zbekistonga qilgan tashrifi xotiralarini o‘zining Instagram sahifasida alohida bo‘limga joylashtirdi. Bu
Madaniyat23:42, 11-10-2026
Halit Ergench va Maryam Uzerli yangi filmda birga suratga tushadi
Halit Ergench va Maryam Uzerli yangi filmda birga suratga tushadi
Dunyoga mashhur Muhtasham yuz yil serialida Sulton Sulaymon va Xurram Sulton obrazlarini mahorat bilan ijro etgan aktyorlar Halit Ergench hamda Maryam Uzerli oradan o'n besh yil o'tib, yangi
Madaniyat23:59, 10-10-2026
Sidni Suini va Merilin Monro qarindosh ekani aniqlandi
Sidni Suini va Merilin Monro qarindosh ekani aniqlandi
Gollivudning mashhur aktrisalari Sidni Suini va afsonaviy Merilin Monro o‘rtasida yaqin qarindoshlik aloqalari borligi aniqlandi. MyHeritage genealogik platformasi
Madaniyat23:44, 10-10-2026